So’nggi yangiliklar

22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  7 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  8 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  18 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  2

Daxshatli ikkita final yoxud yolg'izlanib qolayotgan "Bunyodkor" Yangiliklar

Daxshatli ikkita final yoxud yolg'izlanib qolayotgan "Bunyodkor"

Barcha ikkita o'yinni kutmoqda.

Biri 19 noyabrda Qarshida OCHL yo'llanmasi va kumush medal uchun bo'ladigan bahs bo'lsa, ikkinchisi 4 dekabr kuni o'tadigan O'zbekiston kubogi finali.


Hozir barcha futbol jamoatchiligi Qarshidagi "Nasaf" - "Paxtakor" qarama-qarshiligini kutmoqda.

"Nasaf" mehmoni bo'ladigan "Paxtakor" o'zining mavsumdagi oxirgi o'yinida Qarshida qanday natija qayd etadi, degan savol ko'pchilikni qiziqtirmoqda.
Joriy mavsumni ikkinchi davrasini juda ko'tarinki ruhda o'tkazayotgan "Nasaf"ga bosh murabbiy Berdievni bir muddat klub lagerini tark etgani qimmatga tushadimi?

Bu savollarga javobni Qarshidagi markaziy o'yindan keyin bilib olamiz.

Reglament haqida qisqacha:

Turnir jadvalida ochkolar teng bo'lib qolsa, unda avvalo o'zaro o'yinlar natijasiga qaraladi. To'plar nisbati qachonki jamoalarning ochkolari va o'zaro uchrashuvlari natijalari teng bo'lib qolganida inobatga olinadi. O'zaro o'yinlar bo'yicha ustunlik "Paxtakor" tarafida. Jamoa birinchi davrada "Nasaf"ni dog'da qoldirgandi.

Turnir jadvalidagi vaziyat:
Ayni paytda "Paxtakor" turnir jadvalida "Nasaf"dan 3 ochko kam jamg'argan. "Paxtakor"ni oxirgi turda "Obod" bilan o'ynashi kerakligini inobatga oladigan bo'lsak, jamoaga avtomatik tarzda g'alaba yoziladi. Demak "Paxtakor" zaxirasida 3 ochko mavjud.
Demak jamoa Qarshida "Nasaf"ni mag'lub etsa, unda muddatidan avval kumush medal va OCHL masalasini hal etadi. CHunki "Nasaf" 30-turda Namanganda "Navbahor"ni mag'lub etgan taqdirda ham ochkolar soni bir xil bo'ladi va o'zaro o'yinlarga ko'ra, "sherlar" jadvalda oldinda bo'lishadi.

Ko'rinib turibdiki, 19 noyabrdagi o'yin "Paxtakor" uchun finalga teng bo'ladi. SHota Arveladze jamoani OCHL chiptasi uchun bo'ladigan jiddiy bahsga olib tushadi.
OCHLga yo'llanma olish ayni paytda "Paxtakor"ning o'zining qo'lida. 3 ochko hozirda jamoani OCHLdan ajratib turibdi.


Turnir jadvalida ochkolar teng bo'lib qolsa, unda avvalo o'zaro o'yinlar natijasiga qaraladi.


"Nasaf"da ham hammasi o'z qo'lida. Eng qizig'i, jamoa qolgan ikkita uchrashuvda 3 ochko to'plagan holda OCHLdan mosuvo qolishi yoki 2 ochko bilan kumush medali va OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritishi mumkin.
"Nasaf"dan talab etiladigan eng minimum vazifa bu "Paxtakor"ga yutqazmaslik va "Navbahor" bilan uchrashuvda ham ochko olish. Agarda "Nasaf" "Paxtakor"dan engilib, Namangandan g'alaba bilan qaytsa ham faqatgina bronza bilan cheklanadi. "Paxtakor"ni o'z uyida mag'lubiyatga uchratsa unda hech qanday ortiqcha savollarsiz kumush medali va OCHL yo'llanmasi qo'lga kiritiladi. Yoki uchinchi variant, yani jamoa ketma-ket ikkita bellashuvda durang qayd etsa ham kifoya. SHunda ochkolar bo'yicha "Nasaf" "Paxtakor"ni 1 ochkoga ortda qoldiradi.

"Bunyodkor" yolg'iz.
Nega bunday deyapman?

Agarda Qarshidagi bahsda "Paxtakor" kerakli natijani qo'lga kirita olmasa, unda Arveladze jamoasi 4 dekabr kuni O'zbekiston kubogi finalida "Loko" sharflari bilan "temiryo'lchilar"ga muxlislik qilishlariga to'g'ri keladi. Aksincha bo'lsa, unda "Lokomotiv" muxlislar guruhiga "Nasaf" qo'shiladi. 19 noyabrda qanday natija qayd etilishidan qatiy nazar, final oldidan "Lokomotiv" muxlislari keskin oshishi aniq. Mirjalol Qosimov va "Bunyodkor" jamoasi finalda yaxshigina qarshilikka uchrashlari aniq.


Kim kuchliroq?
Bu savolni javobi deyarli aniq. O'yin jihatidan olib qaraganda, hozirgi kunda "Nasaf" Oliy ligada etakchi. Jamoa ayniqsa ikkinchi davrani ajoyib o'tkazmoqda. "Nasaf" o'z uyida faqatgina "Bunyodkor"ga yutqazdi. Joriy mavsumda faqatgina "Bunyodkor" "Nasaf"ni ikkala bahsda ham mag'lub etgan yagona jamoa bo'lib turibdi.

Bu ishni uddalagan jamoalar soni yana bittaga ko'payishi mumkin. Bu borada "Paxtakor"da imkoniyat mavjud. Birinchi davrada o'z uyida "Nasaf"ni dog'da qoldirgan "Paxtakor" bu ishni Qarshida yana takrorlashga urinib ko'radi.


Ammo Qarshida Arveladze imzosi ostida o'ynayotgan "Paxtakor" o'yin bo'yicha "Nasaf" engishi uchun mavsumdagi eng yaxshi uchrashuvini o'tkazishiga to'g'ri keladi. Jamoa mavsumdagi so'nggi bellashuvda bu ishni uddalashga qodirmi, bu borada hozir biror narsa deyishga to'liq asos yo'q. CHunki jamoa g'alaba qozonayotgan uchrashuvlarida raqiblaridan bir bosh ustun o'ynayotgani yo'q. Arveladzening asosiy "quroli" - bu standart vaziyatlari. Arveladze kelganidan keyin "Paxtakor"ning aksariyat gollari faqat standart vaziyatlaridan keyin urilmoqda. Bu degani "Nasaf" bu borada ehtiyotkorlik bilan o'ynashi lozim.

Eng qizig'i, "Nasaf" joriy mavsumda o'z uyida jami ikkita gol o'tkazib yubordi. Birinchisini "Buxoro" legioneri Ivor Vaycer uzoq masofadan yo'llagan zarbasi orqali Quvvatovni dog'da qoldirgan bo'lsa, ikkinchisini Otabek SHukurov penaltidan urgandi. Qolgan birorta uchrashuvda raqiblar "Nasaf" darvozasiga "kalit" topa olmagan. Raqiblar Qarshida "Nasaf"ga o'yindan gol urganicha yo'q. Bu "Nasaf" mudofaa chizig'ini qanday salohiyatga ega ekanligidan darak.
Bu statistik fakt Arveladzeni ancha o'ylantirib qo'yishi mumkin.

Qarshidagi muhim bahsga O'FF hakamlar qo'mitasi tajribali hakamni tayinlashi kerak.


"Paxtakor" himoya chizig'i ham oxirgi o'yinlarda ancha tartibli va barqaror o'yin ko'rsatmoqda. Jamoa bejizga 467 daqiqadan buyon darvozasini "quruq" saqlamayapti.
Ikkinchi davrada "sherlar" 5ta gol o'tkazib yuborishdi. "Nasaf" esa ikkinchi davrada 3tagina gol qo'yib yuborgan.

"Nasaf" to'p bilan o'ynashi, Berdiev asosan to'pni nazorat qilishga etibor qaratishini inobatga olsak, Arveladzeni bunga qarshi qanday taktika yoki chora topishi qiziq bo'ladi. Natija etiboridan qaraydigan bo'lsak, Berdiev bu uchrashuvda nisbatan o'yinni himoyadan qurishi mumkin. CHunki hali qayd etib o'tganimdek, jamoani ikkita durang ham qanoatlantiradi. SHundan kelib chiqsak, Berdiev bu o'yinga maxsus ishlatadigan taktik sxemasi, yani 3-4-3dan foydalanadi. Bu taktik sxemani ustunlik tomoni, jamoa vaziyatga qarab 5-4-1dan 3-4-3ga o'tib o'ynayveradi. Arveladze esa doim foydalanib kelayotgan 4-2-3-1 taktik sxemasidan voz kechmasa kerak.


Ushbu markaziy, deyarli finalga teng qiymatga ega bahsga O'FF hakamlar qo'mitasi tajribali hakamni tayinlashi kerak.

Qarshidagi o'yinni Ermatov yoki Kovalenko boshqarsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Yoki hozirgi kunda Oliy ligada eng barqaror hakamlik qilayotgan istedodli hakam Ilgiz Tantashev qo'yilsa ham o'yinni buzib qo'ymasligi aniq. Ilgiz Tantashev hozirgi kunda Ermatov va Kovalenkodan keyin eng yaxshi hakam bo'lib turibdi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi 2001 va 2011 yilgi oxirgi tur oldidan o'tkazilgan Qarshidagi o'yinlarda ham kumush medali taqdiri hal etilgandi. O'shanda "Paxtakor" 2001 yili Qarshida kumush taqdirini hal etgan bo'lsa, 2011 yili "Nasaf" o'z uyida "Paxtakor" bilan bellashuvda o'z tarixida ilk bor 2-o'rin masalasini o'z foydasiga hal etgandi. Joriy mavsumda ham kumush medal taqdiri Qarshida hal etiladi.

Bu to'qnashuvni butun o'zbek futbol muxlislari va mutaxassislari juda katta qiziqish bilan kutishmoqda.

Muhimi, Qarshidagi bahs markaziy o'yinga monand qiziq va haqqoniy o'tishi kerak.

Muallif :
Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика