So’nggi yangiliklar

08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  0 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  3 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  2 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  26 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  84 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  12 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1

Davronbek Karimqulov: "Kuchli raqib bilan durang g'alaba degani" Yangiliklar

Davronbek Karimqulov: "Kuchli raqib bilan durang g'alaba degani"

“Metallurg” – “Bunyodkor” jamoalari uchrashuvidan keyin bekobodliklar vakili Davronbek Karimqulov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Bunyodkor” bilan uchrashuvga tayyorgarlik jarayonida biz raqibning bir qator o'yinlarini kuzatdik, jamoa o'yinidagi zaif jihatlarni imkon darajasida o'rgandik. Murabbiylarimiz barcha chiziq vakillari bilan alohida suhbatlashib, kerakli ko'rsatmalarni berishgandi. O'yin davomida jamoadoshlarim o'z oldilaridagi vazifalarni to'liq uddalashdi, deb o'ylayman. Omadimiz chopganida bugun to'liq uch ochkolik ham bo'lardik. Afsuski, “Bunyodkor”ning javob golini kiritgan qarshi hujumi chog'ida ikki o'yinchimizning jarohatlanib, qolib ketishi ham bizga qimmatga tushdi. O'yin kurashlarga, ehtiroslarga boy bo'ldi. Uchrashuv davomida bazan qiziqqonlikka berilib ketgan bo'lsak, buni o'yinning katta ahamiyat kasb etganligiga yo'yarsizlar, deb umid qilaman. “Bunyodkor”dek kuchli raqibga qarshi o'yinda qo'lga kiritilgan ochko biz uchun g'alabaga teng. O'yindan keyin klub rahbariyati jamoamiz kiyinish xonasiga kirib, barchaga minnatdorchilik bildirdi. Keyingi o'yinlarda omad tiladi. Oldinda bizni hali yana qiyin o'yinlar kutib turibdi. Nasib bo'lsa, qolgan uchrashuvlarda ham bor kuch va mahoratimizni ishga solib, ishqibozlarimizni xursand etishga harakat qilamiz, deydi Davronbek Karimqulov.

"Metallurg" matbuot xizmati
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика