Davron Mirzaev va SHavkat Mullajonov "Olmaliq" mashg'ulotlarida
04 jan 2014 22:36
Yangiliklar

Davron Mirzaev va SHavkat Mullajonov "Olmaliq" mashg'ulotlarida
"Olmaliq" jamoasi bugundan Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini davom ettira boshladi.
Jamoa poytaxtimizdagi "O'zbekiston" mehmonxonasida istiqomat qilgan holda, "Obod" futbol klubiga tegishli suniy qoplamali maydonda mashg'ulotlarini o'tkazadi.
Kunning ikkinchi yarmida jamoa shu stadionda o'z mashg'ulotini o'tkazdi. Jamoa tarkibida bir qator yangi nomlarni ko'rish mumkin. Dekabr oyida o'tgan ilk yig'inda qatnashgan Marat Qudratov, Qadamboy Nurmetov, Diyor Usmonxo'jaev va Abdumalik Toshpo'latovlar ko'rikdan o'tishda davom etishadi. Ular safiga bugun ko'rikka Qahramon Mahamadjonov (Navbahor), Sarvarbek Jo'raev (Guliston), Doniyor Usmonov kabi futbolchilar ham qo'shilishdi. SHuningdek, poytaxtda bo'lib turgan Davron Mirzaev (Nefteximik, Rossiya) va jamoaning sobiq futbolchisi SHavkat Mullajonov ham mashg'ulotlarda qatnashdi.
Ilk yig'inda ishtirok etgan SHerzod Hakimov va Iqbol Akramov yangi mavsumni "Olmaliq" libosida o'tkazishi aniq bo'lgan bo'lsa, jamoa legionerlari Maqsatmurod SHomurodov va Darko Stanoevich keyingi haftadan mashg'ulotlarga qo'shiladi. Gergiy Kvesieshvili va Igor Petkovich bilan shartnoma uzaytirilmaydigan bo'ldi.
Jamoamiz mashg'ulotlari kuniga ikki mahaldan olib boriladi. 8 va 14 yanvar kunlari nazorat o'yinlari o'tkazish rejalashtirilgan.

Fikrlar