So’nggi yangiliklar

14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  2 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  0 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  1 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  1 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  17 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  3 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  13 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  1 08:25Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Манчестер Сити" 2:2, Холланднинг голи ҳисобга олинмади  2 08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  11

Davron Mamatov: Cementchi elitada yo'qolib qolmaydi Yangiliklar

Davron Mamatov: Cementchi elitada yo'qolib qolmaydi

Tez orada oliy liga jamoalari yangi mavsumga tayyorgarlik mashg'ulotlarini boshlaydilar.

Muddatidan avval oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritgan «Cementchi» birinchilar qatori Superliga nomi ostida o'tkaziladigan yangi chempionatga tayyorgarlik ishlarini boshladi.

Abdumalik Hakimov shogirdlari yakunlangan mavsum 85 ochko bilan kichik oltin medalga ega chiqib, elitaga yo'l olishganini aytish o'rinli. Biz «Cementchi» sardori Davron Mamatovdan aynan mavsum tadorigi yuzasidan intervyu oldik.

- Davron, jamoaning kuchlilar qatorida o'ynashiga jiddiy etibor qaratilyaptimi? Qanday o'zgarishlar bor?

- Jiddiy yondashilishi aniq, har holda, oliy liga boshqa musobaqa.

- Xo'sh, sizningcha, «Cementchi» Superliga bosimiga tayyormi?

- O'ylaymanki, ha. Muhimi, o'z mehnatimiz evaziga kuchlilar safiga qo'shildik. Endi kelasi yili shunchaki, bir mavsum o'ynash uchun chiqmaganimizni isbotlashimiz kerak. Menimcha, «Cementchi» oliy ligada yo'qolib qolmaydi. Jamoada o'z o'rnini topish uchun salohiyat va imkoniyat etarli.

- Lekin birinchi va oliy liga o'rtasida katta tafovut bor va sizlarga oson bo'lmasligi tayin. Buni his qilyapsizlarmi?

- Fikringizga 100 foiz qo'shilaman. Asosiysi, jamoamizda ko'zlari yonib turadigan iqtidorli yigitlar ko'p. Qolaversa, bosh murabbiyimiz Abdumalik Hakimov hali tarkibni elitada o'ynash tajribasiga ega futbolchilar bilan to'ldirsa kerak.

- Kelasi yili Superligada 12ta jamoa ishtirok etadi. Bu nisbatan kuchsizroq  jamoalarga qo'shimcha qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi xususidagi fikrlarga qo'shilasizmi?

- Nima bo'lishidan qatiy nazar, ishtirokchilar shunga yarasha tayyorgarlik ko'rishadi. Tarkib ham mos ravishda kuchaytiriladi. Asosiysi, o'tkinchi o'yinlar kuzatilmaydi.

Demak, har bir jamoa imkon qadar yuqoriga intiladi. O'ylaymanki, jamoamiz mutasaddilari shunga muvofiq, sharoitlar yaratib berishadi, tarkib elita talabiga moslashtiriladi. 

- Umuman, 12ta jamoali turnirga munosabatingiz qanday?

- SHaxsan menga qolsa, 16ta jamoa o'ynagani yaxshi edi. Faqat klublar oldiga qo'yiladigan talablarni kuchaytirishsa bo'lardi.

- Masalan, qanday talablarni?

- PFL jamoalar sonini qisqartirish evaziga futbol sifatini oshirishni ko'zlamoqda. Ammo 16ta ishtirokchi bilan ham bu maqsadga erishish mumkin edi, yani talablarni keskinlashtirish yo'li orqali.

- Klub bilan shartnomangiz muddatini uzaytirdingizmi?

- Bu ish yaqin kunlarda amalga oshadi. Har holda, elitada ham «Cementchi»ga yordam bermoqchiman.

- Mavsum yakunlari haqida qanday fikrdasiz? Birinchi ligada kurash kuzatildimi?

- 3-4ta jamoaning oliy liga yo'llanmasiga davo qilgani ko'p narsadan dalolat. «Andijon», «Istiqlol», «Surxon», «NBU-Osiyo» klublari bu borada jiddiy raqobatni yuzaga keltirdi. SHuningdek, deyarli barcha raqiblar bizga qarshi o'yinlarga alohida yondashishdi. 

- «Cementchi» tarkibida oliy ligada suyagi qotgan futbolchilar deyarli yo'q. Xo'sh, jamoa nimaning hisobiga yo'llanmani muddatidan avval qo'lga kiritdi?

- Ahillik evaziga. Futbolchilar ishga sidqidildan yondashishdi, murabbiylar ko'rsatmalarini bekamu ko'st bajarishdi. Eng muhimi, alo darajadagi ichki muhit shakllantirildi. Ishoning, yigitlarimiz oliy liga futbolchilaridan aslo qolishmaydilar.

- Bosh murabbiy Abdumalik Hakimovga qanday tarif berasiz - u qattiqqo'lmi yoki ko'ngli yumshoq?

- O'yin va mashg'ulotlar chog'ida qattiqqo'l. Maydondan tashqarida esa hazillashishni xush ko'radi.

- Endi o'z haqingizda malumot bersangiz. Qaysi futbol maktabida tahsil olgansiz, «Cementchi» safida qanday paydo bo'ldinsiz?

- «Paxtakor» maktabi tarbiyalanuvchisiman. Birinchi murabbiyim - Lenur Eremeev. «Paxtakor»da Dilshod Nuraliev va Robert Gay qo'l ostida ham shug'ulanganman.

Ulardan bir umr minnatdorman. Keyinchalik «Bunyodkor» o'rinbosarlar jamoasida o'ynadim, «Qo'qon-1912» sharafini himoya qildim. 2015 yilning ikkinchi yarmida «Cementchi» safiga qo'shildim. 

- Qiziq, «Paxtakor»ga qaytish niyatingiz bormi?

- Albatta. Klubdan ketayotganimda, vaqti kelib, qaytishni dilimga tugib qo'yganman. Nasib qilsa, bu jamoada hali o'ynayman. Hozircha kelasi mavsum «Paxtakor»ga qarshi kechadigan o'yinni sabrsizlik bilan kutyapman.


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика