So’nggi yangiliklar

21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   1 20:24"Хайденхайм" — "Бавария". Таркиблар маълум  0 20:19"Астон Вилла" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  4 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  3 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:29"Вильярреал" — "Барселона". Таркиблар маълум  18 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  11 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  0 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  36

Davron Karimqulov: “Obod”ga qarshi o'yin oson bo'lmaydi" Yangiliklar

Davron Karimqulov: “Obod”ga qarshi o'yin oson bo'lmaydi"

Mamlakat chempionatining 5-turida Bekobodning “Metallurg” jamoasi o'z maydonida oliy liga debyutanti “Obod” jamoasini qabul qiladi.

Mazkur jamoalar chempionatga tayyorgarlik jarayonida ikki marta nazorat uchrashuvida kuch sinashishgan hamda ularning ikkalasida ham poytaxtliklar zafar quchishgandi. Bo'lajak uchrashuv arafasida biz “Metallurg” futbol klubining tajribali himoyachilaridan biri Davron Karimqulovga yuzlandik va uning o'yin haqidagi fikrlarini bilishga qiziqdik:

- Qatorasiga uchta uchrashuvda g'alaba qozonib, mavsumni juda muvaffaqiyatli boshlagandik. Olmaliqda kechgan 4-tur uchrashuvini ham yomon boshlamadik. Tanaffusgacha o'z darvozamiz dahlsizligini saqlab qolishdan tashqari, bir qator gollik vaziyatlarni ham yaratdik. Afsuski, shu kuni omad biz tomonda bo'lmadi. Aks holda to'purar hujumchimiz Zohid Abdullaev, tezkor yarim himoyachilar Murod Toshmatov, Said Abdujabborov, Javohir Esonqulov, kuchli zarbalari bilan Umid Xonimqulovni doimiy ravishda hushyorlikda ushlab turgan Dilmurod Karimovlar imkoniyatlaridan unumli foydalanganida ehtimol yuz foizlik natijani qayd etib turgan bo'larmidik. SHuningdek, mazkur uchrashuvda o'zining optimal formasini tiklab borayotgan Jahongir Abdumo'minov hamda Doniyor Odilovlarning maydonga tushmaganligi ham o'z so'zini aytdi. Nazarimda, ikkinchi taymda mezbonlarning bir kishi kam bo'lib qolishi ham bizga salbiy tasir ko'rsatdi.

O'yindan keyin murabbiylar shtabi, barcha futbolchilar ishtirokida tezkor yig'in o'tkazildi va mazkur mag'lubiyat sabablari muhokama etildi. Yo'l qo'yilgan kamchiliklar, nuqsonlar jiddiy tanqid ostiga olindi. Keyingi o'yinlarda bunday xatolarni takrorlamaslik chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Navbatdagi tur uchrashuvini o'z uyimizda, oliy liga debyutanti – “Obod” jamoasiga qarshi o'tkazamiz. Kuchlilar safida yangi jamoa bo'lishiga qaramasdan “Obod” shijoatli o'yinlari bilan hammani lol qoldirayapti. O'z maydonidagi ikkita uchrashuvda oliy liganing kuchli klublaridan – “Buxoro” va “Qizilqum”dan ochko tortib oldi. Navoiyliklar bilan o'yinda hatto g'alabaga yaqin ham turishgandi. Safar o'yinlarida ham poytaxtliklar muxlislarda iliq taassurot qoldirishdi. SHunday ekan, “Obod”ga qarshi o'yin biz uchun ham oson bo'lmaydi. Engil o'yinni kutmayapmiz va shunga yarasha tayyorgarlik ko'ryapmiz. Olmaliqdagi mag'lubiyatni unutib, yangi kuch bilan, g'ayrat shijoat bilan maydonga tushmoqchimiz. Barcha o'yinchilarimiz mazkur uchrashuvda ham chiroyli, sermahsul o'yinimiz bilan muxlislarimizni xursand etishga chog'lanishgan, deydi Davron Karimqulov.



Eslatib o'tamiz, Bekobodda o'tadigan “Metallurg” – “Obod” uchrashuvini poytaxtlik Olim Tolibjonov boshqarib boradi. Unga qanotlarda namanganlik Rasuljon Fozilov hamda Mo'minjon Majidovlar yordam berishadi. Zahiradagi hakam Dilshod Karimov. Hakamlar faoliyatini mazkur uchrashuvda Oleg Rubakov kuzatib borsa, PFLdan vakil sifatida musobaqalarni o'tkazish bo'limi xodimi Roman CHernikov ishtirok etadi.

SHu o'rinda eslatib o'tamiz, Olim Tolibjonov o'tgan mavsum “Metallurg” ishtirokidagi 3 ta o'yinni boshqargandi. Bekobodliklar mazkur o'yinlarning barchasini safarda o'tkazishgan va ulardan ikkitasida durang o'ynashgan (5-tur, “So'g'diyona” – 0:0, 29-tur, “Qizilqum” – 1:1), bitta o'yinda esa imkoniyatni boy berishgandi (23-tur, “Paxtakor” – 3:2).

 
16 aprel (shanba)
Metallurg (Bekobod) – Obod (Toshkent)
Hakamlar:
O. Tolibjonov (Toshkent), R. Fozilov (Namangan), M. Majidov (Namangan), D. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: O. Rubakov (Toshkent).
O'zPFL vakili: R. CHernikov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика