So’nggi yangiliklar

14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  2 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  9 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  8 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  12

Davron Isoqov: “Birinchi bo'limdayoq uchrashuv taqdirini hal qilgandik” Yangiliklar

Davron Isoqov: “Birinchi bo'limdayoq uchrashuv taqdirini hal qilgandik”

PRO-Liganing 2-turida “Andijon” jamoasi Farg'onada “Istiqlol” mehmoni bo'lib, yirik – 4:0 hisobida g'alaba qozondi.

Mazkur uchrashuvda dubl qayd etgan Davron Isoqov uchrashuvdan so'ng qisqacha o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

-  CHempionatning ikkinchi o'yinida ham g'alaba qozonishni maqsad qilgandik. “Istiqlol” ham yaxshi jamoa. O'tgan yili bu klub ijobiy natijalar qayd etgandi. SHu bois bugungi uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko'rilgandi. Boshida biroz qiyin bo'ldi. Ammo keyinchalik ketma-ket gollar urib, o'yin taqdirini birinchi bo'limdayoq hal qildik.Tabiiyki ikkinchi taymni biroz hotirjam tarzda o'tkazdik. Muhimi safarda uch ochkoni qo'lga kiritib, muxlislarimiz oldida yuzumizni yorug' qildik. Nasib qilsa kelgusi o'yinlarda ham g'alabalari seriyani davom ettirib, ishqibozlarimizni xursand etishga xarakat qilamiz.


- Urgan gollarimga keladigan bo'lsak, avvalo buning uchun jamoadoshlarimga rahmat aytgan bo'lardim. Ular butun o'yin davomida meni qo'llab-quvvatlab turdi. O'yindan oldin bir nima deb bo'lmaydi. Bu – futbol. Unda oldindan bir narsa deb bo'lmaydi. Omadingiz kelib qolsa, raqib sizni to'xtatishi qiyin bo'ladi. O'yin avvalida murabbiylar ishlab chiqqan taktikaga ko'ra, bitta nominal hujumchi bilan xarakat qildik. Rostini aytsam, menga u qadar qiyin bo'lmadi. Sababi yarim himoyachilarimiz o'z vaqtida meni qo'llab-quvvatlab turdi.

- Navbatdagi uchrashuvimiz O'zbekiston Kubogining 1/16 final bosqichidan o'rin olgan “Navbahor”ga qarshi kechadi. Hozirdan aytish mumkinki, bo'lajak derbi juda qiziq va jangavor tarzda o'tadi. Ushbu bahsda ham g'alaba ilinjida maydonga chiqamiz – deydi Davron Isoqov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика