So’nggi yangiliklar

12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  1 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  1 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  5 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  4 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  5 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  16

Davron Hoshimov: ”CHempionlikka osonlikcha erishilgani yo'q” Yangiliklar

Davron Hoshimov: ”CHempionlikka osonlikcha erishilgani yo'q”

Mana bir necha yildirki, “Paxtakor”da o'ng qanot himoyasini o'ziniki qilib olgan Davron Hoshimov abjirligi va yakka kurashlarda hech qachon o'zini olib qochmasligi bilan ajralib turadi.

Bu yil “sherlar”ning chempionlik shoxsupasiga ko'tarilishida 23 yoshli futbolchining ham katta hissasi bor. Kuni-kecha Davron bilan suhbatlashib, ortda qolgan mavsum yakunlariga oid savollarga javob oldik.

- Davron, nima uchun matbuotda kam chiqish qilasiz?
- (Kulib) Bilmasam. Balki jurnalistlarni etiboridan chetda qolarmiz. Lekin shu kungacha qaysidir OAV xodimi kelib, suhbat qilish borasida taklif bersa, rad etmaganmiz.

- Ha, yaxshi. Unday bo'lsa asosiy savollarga o'tasak. Bu yil “Paxtakor” bilan mamlakat chempionligini qo'lga kiritdingiz. Mavsumdan qoniqish xosil qildingizmi? Umuman mavsum qanday o'tdi?
- Bu yilgi mavsum jamoamiz uchun oldingilariga nisbatan qiyin bo'ldi. Garchi chempionlikka erishgan bo'lsakda, bu osonlikcha amalga oshmadi. Ko'rdingiz chempionatning oxirgi turiga kelib, hammasi aniq bo'ldi. Albatta chempionlikka erishganimizdan juda xursandmiz. Asosiy maqsadimiz ham oltin medallarga ega chiqish edi. Buning uchun mavsum davomida klubimizning barcha azosi xarakat qildi. Ushbu muvaffaqiyatimizni ahillik evaziga qo'lga kiritdik deb hisoblayman. 


- CHempionlik so'nggi turda hal bo'ldi. Aytingchi shaxsan siz oltin medallarga ega chiqishinglarga qachon va qanchalik ishongandiz?
- CHempionatning 28-turida safarda “Mashal”ga qarshi qiyin uchrashuvni o'tkazdik. SHu kuni mezbonlar 81-daqiqada hisobni tenglashtirdi. SHundan so'ng biz ham qo'shimcha daqiqalarda to'p kiritib, g'alabani rasmiylashtirdik. O'ylaymanki mazkur g'alaba futbolchilarga ruhiy ustunlikni taqdim etdi. Keyingi o'yinimiz ham vohada principial raqib – “Nasaf”ga qarshi edi. “Ajdarlar”ga qarshi bahs ham biz uchun 6 ochkoga teng edi. Qarshiliklarga esa unchalik ahamiyat kasb etmasdi. CHunk ular yutsa, yutqazsa 3-o'rinda qolardi. Lekin ular ham “Paxtakor”ga qarshi bahsda muxlislarini quvontirish ilinjida maydonga chiqib kelgandi.

- “Nasaf” bilan o'yinda nimani hisobiga g'alaba qozondinglar?
- Bilasizmi biz bu o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Mashg'ulotdan keyin video tasvir orqali har bir o'yinchisini nozik va ustun jihatlarini o'rganib chiqqandik. Aytaylik Artur Gevorkyan, SHoxruh Gadoevga qay tariqa o'yin bermaslik borasida murabbiylar ko'rsatma bergandi. Qolaversa to'purar hujumchisi Ilhom SHomurodovni ham o'rgangan edik. Tartibli o'yin namoyish etib, Qarshidan uch ochko bilan qaytdik deb o'ylayman. Aynan ushbu vohada qo'lga kiritilgan ketma-ket g'alabalar bizni chempionlikka bo'lgan imkoniyatimizni oshirdi va qandaydir ishonch uyg'otdi.

- CHempionatning so'nggi turida “Andijon” darvozasiga 6ta to'p kiritdinglar. Bu raqib jamoaning shu kuni kuchsizligidan dalolatmi yoki “Paxtakor” puxta tayyorgarlik ko'rgani bilan bog'liqmi?
- O'yindan oldin murabbiylar aytdiki: shu kunga qadar hammasini yaxshi bajaribyu keldinglar, chempionlikka erishish o'z qo'limizda, buning uchun oxirgi uchrashuvda ham chempionlarga xos tarzda o'ynanglar, bunga sizlarning kuchingiz etadi. “Andijon” ham yomon jamoa emas. Ular birinchi golga qadar “turib” berdi. Ammo keyinchalik imkoniyatlardan unumli foydalanib, yirik hisobda g'alaba qozondik. 


- Bu yilgi chempionatda 28ta uchrashuvda ishtirok etdingiz. Bu siz uchun qoniqarlimi?
- Albatta. 28ta o'yin yomon emas. Mavsum davomida etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'ldim. Orada diskvalifikaciya tufayli 3ta o'yinni o'tkazib yubordim. Aks xolda barcha uchrashuvda ishtirok etishim ham mumkin edi. Umuman olganda faoliyatimdan nolimayman.

- Himoyachi bo'lganingiz uchunmi? CHempionat o'yinlarida jami 6ta sariq va 1ta qizil kartochka xam ishlab olgansiz. Bu haqda nima deysiz?
- Mudofaa chizig'i vakillariga murabbiylar shunday ko'rsatma beradiki, imkon qadar darvozamiz dahlsizligini saqlab qolishimiz kerak. SHu sababli bazida raqibga nisbatan qo'polliklar ham uchrab turadi. Buni inkor eta olmayman. Bu birgina menda emas, adashmasam Egor Krimec va Adnan Oraxovac ham bu yil sariq kartochka olish borasida mendan qolishmadi. Himoyachi uchun buni to'g'ri qabul qilish kerak.

- Ko'pchilik nazarida Davron Hoshimov juda qo'pol o'yinchi sifatida gavdalanadi. Bunga munosabatingiz qanday?
- G'alaba qozonish maqsadida maydonga tushgach, hamma narsani unutaman. Biroz qizishib ketaman. Buni tan olaman. Lekin raqibga ataylab jaroxat etkazish maqsadida xarakat qilmayman. Hayotda esa umuman boshqa insonman. Meni yaqindan bilgan insonlar buni tasdiqlaydi. Juda kirishimli insonman. Ulfatchilikni yoqtiraman. Do'stlarim yoki tanishlarim biror joyga taklif qilsa, doim etib boraman. To'y va boshqa marosimlarda ham xizmatda bo'lishga urinaman. Birovga yomonligim yo'q.  


- Darvoqe, “SHo'rtan” bilan o'yindagi qizil kartochkangiz to'xtalib o'tsak. O'sha vaziyatni qanday izohlaysiz?
- Ushbu o'yinning so'nggi daqiqalarida Stanislav Andreev penaltini golga aylantira olmagach, barchamiz asabiylashib kettik. Xususan men shundan keyin raqib futbolchisiga nisbatan to'psiz jiddiy xarakat qilib yubordim. Uchrashuvdan keyin xato qilganimni tushunib etdim va “SHo'rtan” futbolchisidan uzur so'radim.   

- Ayrim futbolchilarga Hoshimovga qarshi o'ynash noqulaylik tug'diradi. Raqib jamoalardan qaysi futbolchiga qarshi o'ynash siz uchun nisbatan qiyinroq?
-  Bu borada “Lokomotiv”dagi katta Jasur Hasanovni aytgan bo'lardim. Tezkor xarakatlari bilan har qanday himoyachini chalg'itib qo'yishi mumkin. Bu yil “Temiryo'lchilar”ga qarshi o'yindan oldin ko'proq Hasanovga nisbatan jiddiy tayyorlandim.

- Bu yil “Paxtakor” uchun qaysi bahslar murakkab kechdi?
- Vodiydagi o'yinlarda qiynaldik. Ayniqsa “Navbahor”, “Neftchi” qarshi kechgan uchrashuvlarda bizga oson bo'lmadi. SHuningdek o'zimizda “Lokomotiv”ga qarshi bahs ham og'ir o'tdi. Safardagi “Mashal” va “Nasaf” bilan bo'lgan uchrashuvlarni ham takidlagan bo'lardim.

- “Paxtakor”ga joriy mavsum 3ta murabbiy boshchilik qildi. Avvaliga Babayan, keyinchalik Grigoryan va yakunda Hasanov “drijyorlik” qildi. Bu futbolchilarga tasir o'tkazmadimi?
- Yo'q, bu sezilmadi. Garchi murabbiylar almashinuvi yuz bergan bo'lsada, chempionlikni qo'lga kiritdik. Mavsumni No'mon aka Hasanov boshchiligida yakunladik. O'z vaqtida Hasanov ham kuchli futbolchi bo'lganini bilamiz. Murabbiy sifatida ham chakki emas. Asosiysi yigitlar bilan qanday gaplashishni biladi va o'yinlarga tayyorlay oladi.  


- Bu yil ham terma jamoaga bir necha bor chaqirilgan bo'lsangizda, asosan zaxirada qolib ketyapsiz. Bu sizga ruxiy jihatdan tasir o'tkazyaptimi? O'ng qanot himoyasidagi raqobat xususida fikringiz?
- Ilgari bazida taklif olardim. Bu yildan boshlab esa muntazam ravishda chaqiruv bo'lyapti. Men ham o'z navbatida milliy terma jamoa mashg'ulotlariga borgach, o'zimni ko'rsatishga urinyapman. Boshlang'ich tarkibda o'ynash uchun xarakat qilyapman. Hozircha bu nasib qilmayapti. Ammo umid qilamanki kelgusida MTJda ham o'ynashga ulguraman. Raqobatga keladigan bo'lsak, so'nggi paytlarda o'ng qanot himoyasida Islom To'xtaxo'jaev xarakat qilmoqda. Bu futbolchini juda hurmat qilaman. Tajribasi katta. Menga nisbatan xalqaro maydonda ko'p uchrashuv o'tkazgan. Nazarimda To'xtaxo'jaev o'ng qanotga o'tkazilganidan keyin ham yomon o'ynamayapti.   

- Faoliyatingizni xorijda davom ettirish vaqti kelmadimikin? Bu haqda hech o'ylab ko'rganmisiz?
- Albatta. Bu haqda o'yladim. Xudoga shukur hozir xorij klublaridan qiziqish yo'q emas. Buni “Paxtakor” rahbariyati bilan ko'rib chiqamiz.

- Demak kelgusi yil sizni legioner sifatida ko'ramiz ekanda?
- Yo'q. Menimcha 2016 yil ham “Paxtakor”da qolaman va undan keyingi yil chet el klubiga ketsam kerak. Yuqorida aytganimdek bu masala rahbariyat bilan gaplashib olgach, keyin malum bo'ladi.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика