So’nggi yangiliklar

03:06Конференциялар лигаси. Биринчи ўтиш ўйинлари меҳмонларга аталди  0 02:57Европа лигаси. "Штутгарт"дан йирик ғалаба, "Панатинаикос"дан дуранг ва бошқа натижалар  0 02:29Карло Анчелотти: "Шартномамни яна тўрт йилга узайтираман"  1 02:08ЎФА ва ЎзПФЛ Суперлига жамоалари вакиллари иштирокида йиғилиш ўтказди  1 00:58Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" Хорватияда дуранг қайд этди ва бошқа натижалар  2 00:46Европа лигаси. Меҳмонлар учун аталган кеча: "Ноттингем" Туркияда "Фенербаҳче"ни аямади ва бошқа натижалар  1 00:21Чилаверт: "Реал"нинг 90 фоизи қора танлилар, бироқ муаммо фақат Винисиусда"  6 23:58Киву "Интер"нинг мағлубияти сабабини айтди  0 23:39Лиам Росеньор: "Исталган турдаги ирқчиликни қоралайман"  0 23:14ЕЧЛда тур рамзий термаси эълон қилинди  4 22:48Жейми Каррагер "Арсенал"нинг дуранги ҳақида гапирди  2 22:23Анге Постекоглу: "МЮда ишлаш - жаҳон футболидаги энг қийин иш"  2 21:55Влаховичнинг олдида икки вариант бор  3 21:35Расман: ОКМК яна бир собиқ футболчисини қайтарди  0 21:21Моуринью "Бенфика"нинг тўққизинчи матбуот анжуманида қатнашмайди  0

Davron Hoshimov: “Bu yil jamoa sifatida o'sib boryapmiz” Yangiliklar

Davron Hoshimov: “Bu yil jamoa sifatida o'sib boryapmiz”

O'ng qanot himoyachisi Davron Hoshimov bu yil yanada ishonchli harakatlari bilan ajralib turibdi.
U klub rasmiy saytimiz uchun mavsum to'g'risidagi savollarga javob berdi.

- Davron, joriy mavsumni juda muvaffaqiyatli boshlandi deb aytsa bo'ladimi?

- Ha, shunday. Bizda endi masuliyat ortdi. Avvalgi mavsumda ishqibozlarni ijobiy natijalar bilan xursand qilmadik. SHu sababli bu yil ikki hissa kuch bilan ularning ishonchini oqlashga intilyapmiz. CHempionlar ligasida ham ishtirok etmayapmiz. Muxlislarimizga xalqaro uchrashuvlarni qaytarishni xohlaymiz. Butun jamoa faqat g'alabaga erishish istagida. Buni “Xorazm”ga qarshi o'tgan kubokdagi bellashuvda ham ko'rib olish mumkin bo'ldi. Birinchi liga jamoasi bilan o'ynashimizga qaramay, tayyorgarlik yuqori darajada edi. Asosiy tarkib maydonga tushirildi va hammamiz muvaffaqiyatga erishish uchun bor kuchimizni sarfladik. CHiroyli o'yin namoyish qilib, muxlislarni yana stadionga qaytarishni istaymiz.

- Oldingi mavsum bilan solishtirganda jamoada qanday o'zgarishlar kuzatildi?

- Biz katta tajriba to'plab ulgurdik. SHuningdek, tarkibimizda yosh futbolchilarning katta futbolga ko'nikish davri yakunlandi. Etibor bersangiz, klub akademiyasi tarbiyalanuvchilari soni “Paxtakor”da ko'plab topiladi. Tarkibimizning aksariyat qismi shunday o'yinchilardan iborat. Bu ham bizga yordam bermoqda. Ismatullaev, Sergeev, Kozak, Iskanderov va yana boshqa futbolchilar akademiyada tarbiyalangan. Yoshlikdan o'xshash o'yin uslubiga ko'nikkanmiz. Bir-birimizni ruhiy jihatdan qo'llab-quvvatlaymiz. Buning o'yin va natijaga tasiri bo'ladi. Hozir biz o'zimiz uchun kerakli bo'lgan tajribaga ega bo'lib ulgurdik.

- Hozirgacha “Paxtakor” to'qnash kelgan raqiblardan qaysi jamoaning o'yini sizga maqul keldi?
- “Olmaliq”ning. O'sha kuni mehmonlar ham ochiq futbol ko'rsatishga intilishdi. Natijada ishqibozlar chiroyli va hujumkor o'yin guvohiga aylanishdi. SHunday uchrashuvlar ko'proq bo'lsa, muxlislar stadionga ko'proq kelishadi. Biz olmaliqliklarni juda yaxshi o'rgangandik. O'yinimiz ham yaxshi chiqdi, xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdik. Barcha jamoalar hujumkor futbolga etibor qaratishsa, bu muxlislar uchun ham qiziqarli bo'lardi.

- “Paxtakor” hozir imkoniyatlarining necha foiz darajasida o'yin ko'rsatmoqda?
- Mavsumni endigina boshladik. SHuning uchun taxminan maksimal imkoniyatlarimizning 70-80 foizini ishga solyapmiz. O'yindan-o'yinga har bir futbolchi va jamoaning ko'rsatkichlarini ortib boradi. O'yinimizni yanada kuchaytiramiz. Bazi stadionlardagi maydonlar yaxshi holatga kelsa, yanayam hujumkor futbol namoyish qila olamiz. Hali etakchilar bilan uchrashuvlarimiz oldinda. Ular bilan bahslar arafasida eng yaxshi holatga chiqib borishga urinamiz. Bu yil ishqibozlarimizga xursandchilik taqdim etishni istaymiz. Bu yo'lda butun jamoa bor kuchini sarflaydi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика