So’nggi yangiliklar

13:05Уч нафар ўзбекистонлик футболчи Англия клубида кўрикдан ўтиш учун жўнаб кетди  4 12:39"Реал" Браим Диаснинг келажаги борасида бир қарорга келди  1 12:13Суперлига 13-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  1 11:54Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалида ишлайдиган расмийлар маълум  2 11:33"Атлетико" футболчиси КЖЧ ташкилотчилигидан норози  5 11:05Ямаль ва францияликлар: Европанинг 2025 йилдаги энг креатив футболчилари  3 10:42Неймарнинг келажаги маълум  2 10:10“Ал Ҳилол“ Осимхенга сўнгги даҳшатли таклифни юборди  2 09:43“Арсенал“ Виктор Гёкерешни сотиб ололмаган тақдирда кимни харид қилиши маълум  1 09:16Кайл Уокер АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин  0 08:50Фатининг кейинги жамоаси деярли аниқ  1 08:23Хаби Алонсо “Реал“ футболчиларига ультиматум қўйди  16 07:47CAFA U20 Championship 2025. U-18 терма жамоамиз ҳеч бир учрашувда ғалаба қозонмай мусобақани якунлади  18 07:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Учта қизил кўрсатилган баҳсда “Бенфика“ кичик камбек амалга оширди  2 02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  3

Davron Fayziev yangi mavsumda Qo'qonga bormoqchi Yangiliklar

Davron Fayziev yangi mavsumda Qo'qonga bormoqchi

O'zbekistonlik barcha futbol muxlislarining eng sevgan futbol sharhlovchisi Davron Fayziev “Qo'qon-1912” futbol jamoasi haqida fikrlarini bildirdi.

– Qo'qon jamoasining o'yinlarini albatta kuzatib boraman. O'tgan mavsumda bu  jamoaning o'yinini ko'rish judayam yoqimli bo'ldi. Mavsum boshida va keyinchalik ham juda chiroyli o'yin namoyish qilishdi. Jamoada ko'p ishlar qilingani bilinib turdi. To'g'ri hozircha chempionlik uchun davogarlik qilishmagan bo'lsa ham, jamoaning o'z o'yin uslubi paydo bo'ldi. Bu uslub juda ko'p jamoalarni qiynab qo'ydi. Umuman, Qo'qon shahriga katta futbolni qaytgani, stadionni muxlislar bilan to'lib toshganlari, milliy chempionatimizning rivojiga ijobiy tasir qildi, deb o'ylayman.

Endi kelayotgan mavsum haqida gapirsam. Eshitishimga qaraganda, jamoa tarkibi yangi legionerlar va mahalliy futbolchilar hisobiga yanada kuchaygan. O'ylaymanki, jamoa o'tgan yilgidan yomon o'yin ko'rsatmaydi. Bu borada jamoaga omad tilayman. Qo'qon shahri o'zbek futbolining vatani, futbolimizning yuziga aylangan shahar, desak xato bo'lmasa kerak. SHunday ekan, “Qo'qon-1912” jamoasi ham shunga yarasha o'yin ko'rsatib, superliga bahslarida munosib ishtirok etadi degan umiddaman va turnir jadvalining yuqori o'rinlarida bo'lishini tilakdoshiman.


O'zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo chempionligini qo'lga kiritdi. Bu yutuqqa  “Qo'qon-1912” jamoasining futbolchilari ham o'zlarining munosib hissalari qo'shishdi. Menimcha, bu futbolchilar jamoada faoliyatlarini davom ettirishyapti. Kelayotgan mavsumda  bu yosh futbolchilardan yanada yorqin o'yin kutyapman. CHempion futbolchilarimizning o'zlariga bo'lgan ishonchlari yanada ortgan bo'lishi aniq. Men Javohir Sidiqovning o'yinlarini o'smirlik paytidan beri kuzatib boraman, u judayam istedodli futbolchi. O'zbek futboliga hali ko'p foydasi tegishi aniq. Bu kabi yosh futbolchilarning jamoa asosiy tarkibida bo'lishi, Qo'qonliklarning o'yinlarini yanayam kuchaytiradi menimcha.

Kelayotgan mavsumda futbol ko'rish uchun Qo'qonga borib, u erdagi bayramona kayfiyatni, stadiondagi ajoyib muhitni  o'z ko'zim bilan ko'rmoqchiman. Qolaversa  “Qo'qon-1912” jamoasi matbuot kotibi Akramjon aka bilan judayam iliq munosabatdamiz. U kishi meni doim Qo'qonga taklif qiladilar. O'ylaymanki, kelayotgan mavsumda Qo'qonga borish niyatim amalga oshadi.

“Qo'qon-1912” jamoasiga superliga o'yinlarida chin dildan omad tilayman!, - deydi Davron Fayziev. 


Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика