So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  24 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  80 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  22 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Davron Fayziev: "Uzr so'rayman..." Yangiliklar

Davron Fayziev: "Uzr so'rayman..."

Dinamo - Bunyodkor o'yinidan so'ng, mezbonlar ustozi Davron Fayziev jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Bugungi uchrashuv haqida to'xtalsangiz...

- Avvalambor, OAV xodimlarini o'tgan bayramlari bilan tabriklayman. Bugungi va uch kun avvalgi «Yashnobod»ga qarshi va bugungi mag'lubiyat uchun uzr so'rayman. Bugun ham «Lokomotiv» kabi yuqori saviyadagi jamoaga qarshi o'ynadik va bugun ham g'alaba qozonishni xohlagandik. Bugungi mag'lubiyatda balki men aybdorman, chunki mag'lubiyat murabbiyniki bo'ladi. Markaziy himoyada qo'pol xatolar qildik. Mag'lub bo'ldik, lekin futbolchilarimga mehnat qilganlari uchun rahmat deyman. Menimcha, bugungi bahsda durang adolatli natija bo'lardi.

- “Dinamo”ning uy uchrashuvlaridagi yoqimli ananasi buzildi...


- Biz uyimizdagi uchrashuvlarda mag'lubiyatga uchramay, o'z darajamizdan yuqori sakray olgandik. Yani, hamma bizni Pro-Liga klubi, autsayderga aylanadi, deganda hattoki 3-o'rin uchun kurashib, “planka”ni yuqoriga ko'targandik. Birinchi davrani yil boshida kimdir menga turnir jadvali o'rtasida tugatasilar deganida, men bunga qarshi bo'lmasdim. Hozir esa “planka”ni ko'targanimiz uchun davrani yanada yuqoriroq o'rinda yakunlashni istagandik.

- Jamoaning bugungi mag'lubiyatida kubokdagi “Yashnobod”ga qarshi mag'lubiyat tasiri qay daraja bo'ldi?


- “Yashnobod”ga qarshi kubok uchrashuvida men o'yin amaliyoti bo'lmagan zaxira futbolchilarga imkoniyat berdim, ammo ular ishonchni oqlay olishmadi. O'shanda jamoamiz o'yindan oldin raqibni ruhan mag'lub etgandi. Bunda mening ham aybim bor, jamoani har taraflama tayyor qila olmaganim uchun. Tarkibimizda o'zgarishlar bo'lishi aniq. Ammo, goleadorlar ham, yaxshi saviyadagi futbolchilar ham katta pullar evaziga kelishi mumkin. Biz esa faqat imkoniyatimiz darajasida bo'lgan futbolchilarni taklif eta olamiz.

- Bugungi uchrashuvda hakamlar o'yin tizginini qo'ldan boy berishdi...


- Bugungi hakamlarga jiddiy etirozim yo'q, faqat bitta etirozim - hali qo'shimcha vaqt tugab bo'lmay biz jarima tepishimiz kerak bo'lganda o'yinni tugatib qo'yishdi. Eshitishimcha, bugungi hakamni OFK vakillari kuzatishgan. Bahoni o'shalar berishadi. U yana bir vaziyatda avval jarima zarbasi belgilamoqchi bo'ldi, lekin keyin o'yinni davom ettirdi. Penalti borasida hali aniq fikr ayta olmayman.

- Davralar oralig'ida tarkibda jiddiy o'zgarishlarga qo'l uriladimi?


- Bugun raqib jamoa safida Lutfulla To'raev va Anvar G'ofurov tajribali futbolchilar sifatida o'yinni boshqarishdi, yoshlar ular ortidan ergashdi. Ular maydonda murabbiyning barcha ko'rsatmalarini bajarishdi. Biz ham himoya, tayanch yarim himoyasi, hujumni kuchaytira oladigan futbolchilarni topshimiz va raqobatni oshirishimiz kerak.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика