So’nggi yangiliklar

11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  4 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  5 09:30Ўтган мавсумдаги Суперлиганинг "энг яхши ёш футболчиси" фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  2 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  16 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  7 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  11 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  17 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  3 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  3 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  10

Davron Fayziev: "Tez orada jangovar "Dinamo"ni ko'rmoqchiman" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Tez orada jangovar "Dinamo"ni ko'rmoqchiman"

"Dinamo" - "Istiqlol" (3:0) o'rtasidagi uchrashuvdan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev uchrashuv borasidagi fikrlarini bildirdi.

- Davron aka, dastlabki yirik g'alaba bilan tabriklaymiz. O'yin va natijadan qoniqdingizmi?

- Avvalambor, barchani ulug' ayyom Ramazon hayiti bilan tabriklayman. Ayni damda Jahon CHempionati bahslari bo'layotganiga qaramay, "Dinamo" jamoasini qo'llab-quvvatlash uchun stadionga kelgan barcha muxlislarga rahmat deyman. Aynan ularning olqishlari "Dinamo"ning yirik hisobdagi g'alabasi uchun juda muhim bo'ldi.

O'yin borasidagi to'xtaladigan bo'lsam, bugun yirik 3:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritgan bo'lsakda, "Istiqlol" jamoasi o'yini menda yaxshi taassurot qoldirdi. Bu g'alaba yutuqlarimizdan ko'ra, ko'proq kamchiliklarimizni yaqqol ko'rsatib berdi. Hisobdan qoniqdim, xatolarni esa tahlil qilib, o'rganamiz. Oldingi o'yinlarda ikki marta 3:2 hisobida alamli mag'lubiyatga uchraganimiz, ayniqsa so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yuborganimiz bois, jamoadan bitta gol urib, kurashni to'xtatmaslikni tayinlagandim. Jamoaning gol urib, ruhan o'yinni tashlab yuborishi menga umuman yoqmaydi, men oxirigacha kurashuvchanlik, jangovarlikni so'rayman. Baxtimizga, bugun maydonga tushirilgan yosh posbonimiz SHohruh Raimov ishonchni oqlab, hisob 1:0 vaqtida qiyin vaziyatda muqarrar goldan jamoani qutqarib qoldi. Bu posbonimiz ham raqobatga kirishib, jamoamiz faqat bitta darvozabonga bog'lanib qolmaganligini ko'rsatdi. Ashurov, Almosjonov va Yunusovning gollaridan keyin ishonchli g'alabaga erishdik.

- Ertadan PFLda transferlarga ruxsat beriladi. Navbatdagi turda "Mashal"ga qarshi muhim o'yin oldidan tarkibda yangi nomlarni ko'rish mumkinmi?

- Albatta, barcha tarkibni kuchaytiradigan paytda qo'limizni qovushtirib o'tirishimiz yaramaydi. Ro'yxatga qo'shish ochilishi bilan Xudo xohlasa, "Mashal"ga qarshi o'yingacha tarkibimizda kamida 2-3 nafar yangi futbolchi bo'lishini o'zim ham kutayapman. Bu raqib chempionat peshqadami. Ularga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz. Bugungi g'alaba ham yigitlarimiz ruhiy holatiga yaxshi tasir qilishi kerak. Yigitlarimiz barcha ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishsa, umid qilamanki hammasi yaxshi bo'ladi.

- Davralar oralig'ida qay daraja o'zgarishlar bo'ladi?

- SHubhasiz, maqsad sari o'zgarishlarga qo'l urishimiz shart. Biz ham boshqa raqiblarimiz singari tarkibni kuchaytirish uchun imkon boricha harakat qilamiz. SHaxsan o'zim tez orada jangovar, hujumkor o'yin namoyish etadigan "Dinamo"ni ko'rmoqchiman. Bugun qo'l ostimdagi "Dinamo"ni yomon jamoa demoqchi emasman, shaxsan o'zim shijoatli, kurashuvchan jamoani ko'rmoqchiman. Buning uchun tarkibda o'zgarishlar bo'ladi.

- Selekciya jarayonida aynan qaysi chiziqlarga ko'proq etibor beriladi?

- Barcha chiziqlarni imkon darajasida kuchaytirishimiz lozim. Bugungi o'yingacha to'plar nisbatiga etibor qaratsak, 13 o'yinda 18ta gol o'tkazib yuborgan, 15ta gol urgandik. Yuqori maqsadni ko'zlagan jamoa uchun bu juda yomon natija. Aslida ko'p gol urib, kam o'tkazishimiz shart. Meni quvontirayotgan yagona jihat, jamoamiz nihoyat oxirgi o'yinlarda 2-3tadan gol urayotganidir. Mavsum boshida bittadan ko'p gol urolmayotgandik. Ammo, oxirgi 3ta o'yinda 7ta gol urib, bor yo'g'i 3 ochko olish juda alamli. Undan ko'ra, har o'yinda bittadan gol urib yutish men uchun afzalroq. Sababi hozir natija muhimroq. Biz har qanday holatda ham kurashishda davom etamiz. Ikkinchi davrada principial raqiblarga qarshi bahslarda ijobiy natijalarga erishsak, Superligaga chiqish uchun imkoniyatimiz bor. Takrorlayman, "Dinamo" oxirigacha kurashadi.

Usmon Ibodov suhbatlashdi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика