So’nggi yangiliklar

00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  21 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  5 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  3 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5

Davron Fayziev: "Qizilqum" "chaqilmas yong'oq" toifasidagi jamoa sanaladi" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Qizilqum" "chaqilmas yong'oq" toifasidagi jamoa sanaladi"

So'g'diyona-Qizilqum uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida So'g'diyona jamoasi bosh murabbiyi Davron Fayziev va darvozabon Mixail Spiridonovlar ishtirok etishdi.

- Ikkinchi davrani g'alaba bilan boshlaganimiz ancha yaxshi bo'ldi. Bundan keyin bizda ortga yo'l yo'q, birinchi davrada yo'l qo'ygan hatolarimizni takrorlanmasligiga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Hisob bunday yirik ko'rinish olishini rostini aytsam kutmagandim. Qizilqum jamoasi chaqilmas yong'oq toifasidagi jamoalar qatoriga kiradi. Har qanday raqibga kutilmagan sovg'alar hadya qila oladigan jamoa.

- Jamoaga yangi taklif etilgan o'yinchilar haqida to'htalsangiz…

- O'zlaringiz bugungi o'yinni kuzatdingiz. Bugun asosiy tarkibimizda to'rt nafar yangi futbolchi maydonga tushdi. Aleksandr Kleckovni barcha yaxshi taniydi. Uning mahorati bizga asqotadi deb o'ylayman. Izzat G'aniev Qo'qon-1912″ jamoasidan, Islom Isoqjonov Olmaliqdan, Qahramon Bohodirov - bu futbolchi Jizzaxdan. Mashal jamoasi bilan shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganligi bilan uni darhol jamoamizga taklif etdik. O'ylaymanku yangi futbolchilarning barchasi bugun yomon o'yin ko'rsatishmadi. SHuningdek, Xurshid Muxtorov - Lokomotiv jamoasidan taklif etilgan futbolchi, bugun maydonda harakat qilmadi.

- Mixail Spiridonovga savol: Stadion yoritgichlari darvozabonlarga tasir ko'rsatmadimi?

- Yo'q aslo. Projektorlar ancha balandda joylashganligini inobatga oladigan bo'lsak, ular maydonni alo darajada yoritdi. Bugungi o'yin haqida gapiradigan bo'lsam, murabbiylarimiz raqib haqida bizga etarlicha malumotlar berishib, ular bilan qanday o'ynashligimiz kerakligi haqida tushuntirishgandi. Vahobovni himoyachilarimiz bir bora etibordan chetda qoldirishda va u bu hatodan unumli foydalanib gol kiritdi. Tanaffusda echinish xonasida darhol yuvinib oldik. Bu esa bizga ikkinchi bo'limda yanayam yaxshiroq harakat qilishimizga yordam berdi.  Hisob bndanda yirik ko'rinish olishi mumkin edi, hujumchilarimiz o'sha 4-5 golli vaziyatlarni golga aylantira olishganida. Keyingi o'yinlarda yanayam yaxshiroq harakat qilamiz. Jamoagi taklif etilgan yangi futbolchilarning barchasi bugun o'yinga moslashib keta olishdi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика