So’nggi yangiliklar

12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  1 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  1 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  5 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  4 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  5 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  16

Davron Fayziev: “Qilingan mehnatga rahmat aytilishi kerak” Yangiliklar

Davron Fayziev: “Qilingan mehnatga rahmat aytilishi kerak”

2016 yilgi futbol mavsumiga tayyorgarlik ko'rayotgan oliy liga jamoalari Yangi yil bayrami munosabati bilan qisqa muddatli tanaffusga chiqishdi.

Bu jamoalar orasida kuchlilar safida o'z o'rnini arang saqlab qolgan “So'g'diyona” klubi ham bor. Davron Fayziev jamoasi bu yilgi futbol mavsumini 15-o'rinda yakunlagan edi. Olmaliqda o'tkazilgan uchrashuvda esa 1-liganing ikkinchi jamoasi “Oqtepa”ni 2:1 hisobida mag'lub etib, oliy ligadagi o'rinlarini saqlab qolishgandi. Jizzaxliklar bir hafta mobaynida o'z qarorgohlarida hisob bo'yicha ilk o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazishdi. Mazkur yig'in asosan tiklanish va engil mashg'ulotlarga qaratildi. Unda aralash tarkib ishtirok etdi. Tabiiyki, tarkibda o'zgarishlar bor. SHartnomasi yakuniga etib, jamoani tark etgan futbolchilar o'rnini yangi taklif etilgan o'yinchilar to'ldirgan. Biz yig'inning so'nggi kuni jamoa bosh murabbiy Davron Fayzievdan intervyu oldik.

- Davron aka, klub rahbariyati ishtirokida o'tgan mavsum yakunlari muhokama qilindimi?
- Ochig'ini aytsam, hali viloyat hokimi bilan uchrashuvimiz bo'lib o'tmadi. Lekin yangi yilgacha uchrashishga vada berishgan. O'ylaymanki, tez kunda uchrashuvimiz bo'lib o'tadi. Ammo, jamoa rahbariyati bilan uchrashuib, mavsum yakunlarini muhokama qildik. Yo'l qo'yilgan kamchiliklar, yil so'nggidagi kichik bo'lsada muvaffaqiyatlar tahlil qilindi. Oliy ligadagi o'z o'rnimizni saqlab qolganimizdan so'ng yangicha ishtiyoq bilan mashg'ulotlarni boshladik. 15 dekabr kuni Jizzaxda yig'ilgan edik. 27 dekabrgacha ilk o'quv-mashg'ulot yig'inimizni o'tkazdik. Tarkibda o'zgarishlar bor. Klub bilan shartnomasi nihoyasiga etgan futbolchilar hozir biz bilan birga emas. Ularni o'rnini to'ldirish maqsadida yangi o'yinchilarni ko'rik uchun taklif etganmiz.

- Aynan kimlar “So'g'diyona”ni tark etdiyu, kimlar tarkibga kelib qo'shildi?
- Olti nafar futbolchi jamoani tark etdi. Ular orasida asosiy tarkib o'yinchilarimiz Izzat G'aniev, Jasur Hakimov, Xurshid Muxtorov, Doniyor Usmonov, Islom Isoqjonov kabi futbolchilar bor. Nomlari tilga olingan o'yinchilarning jamoamiz bilan amaldagi shartnomalari yakunlangan. Yana ham aniqrog'i, Hakimov, Isoqjonov va Muxtorov “So'g'diyona”da ijara asosida to'p tepishayotgandi. Ular o'z klublariga qaytishdi. Doniyor va Izzatga esa klub rahbariyati bilan kelishgan holda javob berdik. Safimizga Akmal Xolmurodov kelib qo'shildi. SHuningdek, “Zomin” jamoasining darvozaboni ham mashg'ulotimizda qatnashyapti. Yangi yil bayramidan so'ng yana bir guruh futbolchilarning safimizga kelib qo'shilishi kutilmoqda. Har qanday holatda ham transfer bozorida qanchalik faol bo'lishimiz bu klubning byudjetiga bog'liq bo'ladi. Ko'p bo'lmasada, iloji boricha 5-6 nafar malakali futbolchilar bilan shartnoma imzolashimiz shart. Endi mavsum yakunlariga kelsak, biz uchun u juda ham og'ir o'tdi. Bunga klubdagi qiyinchilik va muammolar sabab bo'ldi, deyish mumkin. Hali bu muammolar oxirigacha o'z echimini topgani yo'q. O'ylaymizki, yangi mavsumda hammasi ijobiy tomonga o'zgarishi kerak. Klub rahbariyati jamoaga yangi homiylarni topib berishga vada berishgan. Agar bu reja amalga oshsa, “So'g'diyona” jamoasi yangi mavsumda yangi bosqichga ko'tariladi.

- O'rinbosarlar tarkibida o'zini ko'rsatgan futbolchilarni asosiy tarkibga jalb etasizmi? O'zi shunday o'yinchilar bormi?
- Albatta bor. Etibor bergan bo'lsangiz, aynan o'rinbosarlar tarkibidan etishib chiqqan futbolchilardan Dilmurod Ikromov, Asil Begimqulov, Bobur Qosimov, Sanjar Rashidov va Elyor Oripov asosiy tarkibda o'ynashdi. Nafaqat to'p tepishdi, balki etakchi rolida bo'lishdi. Bundan keyin ham mahalliy futbolchilarga suyanishda davom etamiz. Yuqorida nomlarini tilga olgan futbolchilarimizga etakchi klublarimizdan takliflar ham bo'lyapti. Ularni jamoada olib qolishning o'zi bizga muammo tug'dirishi mumkin. Oldimizda turgan birinchi galdagi vazifa bu ana shu futbolchilarimizni jamoada saqlab qolish.

- Sardor Rashidovning ukasi bo'lgan Sanjarning o'yinlari ko'pchilikda yaxshi taassurot qoldirdi. Mavsum kashfiyotlaridan biriga aylandi. Unga grand jamoalarimizdan aniq takliflar bo'layotgandir?
- Bilasizmi, Sanjar birinchi davra startida nisbatan kamroq o'yin amaliyotiga ega bo'layotgandi. Lekin davra o'rtalariga kelib muntazam ravishda maydonga tusha boshladi. Bu bilan ko'pchilik muxlislarning mehrini qozondi. Sardor Rashidovning ukasi bo'lgani uchun emas, o'zining mehnati bilan shu darajaga erishyapti. Bobur Qosimov va Elyor Oripov haqida ham shunday fikr bildira olaman.

- Asosan qaysi chiziqlarni kuchaytirishni maqsad qilgansiz?
- Hamma chiziqlarga bir-biriga raqobat qila oladigan futbolchilarni olishimiz kerak. Lekin ko'proq darvozabon va himoyachi masalasi kun tartibida turibdi. O'rta va oldingi chiziqdan 60-70 foizga ko'nglim to'q. Ammo, himoyachilar va darvozabon masalasida bunday fikr bildira olmayman. CHunki, aynan shu ikki chiziq vakillarining qo'pol xatolari sababli ko'p gol o'tkazib yubordik va qimmatli ochkolardan mahrum bo'ldik. Himoyadagi kemtiklarni yopish maqsadida ilk qadam sifatida Akmal Xolmurodovni “Dinamo” jamoasidan taklif qildik. O'ylaymanki, u bilan shartnoma imzolaymiz. Lekin bu oson bo'lmaydi. Yana qaytaraman, yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolash bu klubning moliyaviy holatiga bog'liq ish. 


- Yanvar va fevral oyidagi o'quv-mashg'ulot yig'inlari rejasi tasdiqlandimi?
- Rejalar tasdiqlangan. Yangi yil bayrami munosabati bilan futbolchilarga qisqa muddatli tatil berganmiz. 4 yanvar kuni Jizzaxda to'planamiz va 10 yanvargacha o'z qarorgohimizda mashg'ulot o'tkazamiz. 11 yanvardan esa Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inimiz boshlanadi.

- Ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan PFL kubogida ham ishtirok etasizlarmi?
- Ha, bu turnirda qatnashishni maqsad qilganmiz. Yanig mavsumga tayyorgarlik jarayonida horijga chiqmaydigan klublar uchun bu yaxshi musobaqa. SHuni aniq ayta olaman, “So'g'diyona” horijda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazmaydi. Ayni paytda buning imkoniyati yo'q. Mavsum boshlanguniga qadar Toshkentda tayyorgarlik jarayoni davom etadi.

- Oliy liganing yangi mavsumiga qura tashlash marosimi chog'ida qarzdor klublar haqida ham so'z bordi va ularga nisbatan jiddiy jazo qo'llanishi aytildi. “So'g'diyona” klubida bunday muammo bormi? Futbolchilar necha oydan beri maosh olishmayapti?
- To'g'ri, bizda ham maoshlar va mukofot pullaridan qarzdorlik bor. Endi qaysi jamoada bu muammo yo'q? Deyarli barcha klublar bu muammo bilan to'qnash kelgan. Bizda yuz foiz hammasi joyida, qarzdorlik yo'q, degan bosh murabbiyni ko'rmadim. Ozmi-ko'pmi hammada moliyaviy qiyinchiliklar bor. Lekin bizga yaqin kunlarda qarzdorlikni yopishga vada berishgan. Hisob-kitob ishlari shu yilning o'zida amalga oshirilishi va yangi 2016 yilni qarzsiz boshlashga umid qilib turibmiz. Matbuotda “So'g'diyona”dan PFL va O'FFga shikoyat tushdi, deb ko'p yozishdi. Endi nima qilamiz, moliyaviy muammo va qiyinchiliklar klubda saqlanib qolyapti. Qilingan mehnatga rahmat aytilishi kerak. Futbolchilar harakat qilishdi va jamoa oldiga qo'yilgan vazifani uddalashdi. “So'g'diyona” yangi mavsumda ham kuchlilar safida ishtirok etadi. Jamoa yangi stadionga ega bo'ldi. Bizning bu stadionimizda O'zbekiston Kubogining hal qiluvchi final uchrashuvi o'tkazildi. Endi shunday chiroyli stadionga ega bo'lgan klubning oliy ligada jon saqlab qolish uchun kurashishi achinarli hol. Qolaversa, Jizzax zamini istedodlarga boy. Lekin ularni kashf etyapmizu, o'zimiz etarlicha foydalana olmayapmiz.

Fursatdan foydalanib, ostonada turgan Yangi yil bayrami bilan hamyurtlarimizni, barcha futbol muxlislarini chin qalbimdan tabriklayman. Yangi yil o'zbek futboliga yangi g'alabalarni olib kelsin. Mana yanvar oyida olimpiya terma jamoamiz Qatarda o'tkaziladigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Ushub qita chempionatida Rio-2016 Olimpiadasiga yo'llanmalar o'ynaladi. Buning uchun kuchli uchlikdan joy olish kerak. Hozirgi tarkib bu vazifani uddalashga qodir, deb o'ylayman. Keyin mart oyida milliy terma jamoamiz saralash bosqichining so'nggi ikkita muhim uchrashuvida maydonga tushishi kerak. Filippin va Bahrayn terma jamoalariga qarshi Toshkentda o'tkaziladigan o'yinlarda ham Samvel Babayan shogirdlarining g'olibona yurishlarini davom ettirishlariga ishonaman. Ketma-ket qozonilgan beshta g'alaba bu tasodif emas. Barcha raqiblarni ishonchli tarzda mag'lub etildi. Ana shu g'alabalar davomli bo'lib, JCH-2018 final bosqichiga chiqishimizni chin dildan istayman. Qolaversa, OCHLda ishtirok etadigan to'rttala klubimizga ham zafar yor bo'lsin.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика