So’nggi yangiliklar

07:35Sofascore. Супер ўйин кўрсатган Файзуллаев ва Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  1 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  0 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  9 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  3 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  2 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нуқтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  4 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  7 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  21 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  5 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2

Davron Fayziev: "Neftchi"ga qarshi o'yindan oldin prevyuni o'qib chiqqandim" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Neftchi"ga qarshi o'yindan oldin prevyuni o'qib chiqqandim"

Farg'onada bo'lib o'tgan oliy liga 5-tur doirasidagi “Neftchi” hamda “So'g'diyona” klublari o'rtasidagi bahsdan so'ng mehmonlar ustozi Davron Fayziev o'yin haqida fikr bildirdi.

-  Qiziqarli uchrashuv bo'ldi. Yigitlarga rahmat aytaman. Bergan ko'rsatmalarimni to'g'ri bajarishdi. “Neftchi”ni jiddiy o'rgandik. Raqib o'yinlari  yozilgan videolar ko'rib chiqdik va shunga yarasha tayyorlandik. O'yin kuni ertalab matbuotda “Neftchi” – “So'g'diyona” bahsi prevyusini o'qib chiqdim va futbolchilarga ham ko'rsatdim. Farg'onadagi statistikalarimiz yaxshi emasligini saytda oynadek ko'rsatib qo'yishgandi. O'ylab qarasam, haqiqatdan ham “Neftchi” uyida faqat bir marta g'alaba qozongan ekanmiz. Mana shu bitta g'alaba va bitta durang o'zim boshchiligimda qo'lga kiritilgan ekan. Orzuga ayb yo'q deya Farg'onaga g'alaba qozonish uchun kelgandik. O'yindan avval yaratgandan zafar quchishimizni so'ragandim. Xudo shukur, bugungi o'yin yakuni biz uchun omadli keldi va g'alabani ilib ketdik. Bugungi uchrashuv shunday zaylda o'tdiki, bitta gol hammasini hal qilardi yoki durangga tortadigan bellashuv bo'ldi. Lekin Farg'onada hech bir raqib osonlikcha ochko olib ketmasligini takidlab o'tmoqchiman. Bugun bizga ham og'ir bo'ldi. Faqat o'yin yakuni Jizzax klubiga omadli bo'ldi.  

-  Davron aka, “Neftchi” haqida qanday fikrdasiz?
-  Raqib o'yinini taxlil qilmayman. Bu savolni ochiq qoldiraman. Hozir har qanday klub bilan o'ynasa, natija uchun harakat qilsa bo'ladi.  “Neftchi”ga esa faqat omad tilab qolaman.

-  Savolni boshqacha bermoqchiman. Agar xozir siz raqib bosh murabbiyi bo'lganingizda nimalarga etibor qilganlar bo'lardingiz?
-  “Neftchi” bosh murabbiyi bo'lish haqida xatto o'ylab ham ko'rmaganman. Bu savolga tez javob berish qiyin. Fikrimcha, “Neftchi”ning hujum chizig'iga etibor qilish lozim. Qachonki, hujumda ishlaring yaxshi bo'lsa, himoya ham shunga yarasha ishonchli o'ynay boshlaydi. To'g'ri “So'g'diyona” o'yin oxirida to'liq himoyalandi. CHunki hisob bizni qoniqtirardi. Oxirdagi gol ham bo'lmaganda,  durang ham rozi edik. Futbol muxlislar uchun o'ynaladi. Kimlardir aytadi “futbolda natija muhim”. Yo'q, muxlislar stadionga kelganga yarasha chiroyli futbol ham ko'rishi lozim, -  dedi Fayziev.

“Neftchi” matbuot xizmati

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика