Davron Fayziev: "Mashal" doim noqulay raqib bo'lib kelgan"
30 apr 2016 21:22
Yangiliklar
Davron Fayziev: "Mashal" doim noqulay raqib bo'lib kelgan"
"So'g'diyona" - "Mashal" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Davron Fayziev qatnashdi.
"Mashal" jamoasi doim biz uchun noqulay raqib bo'lib kelgan. Andijondagi kutilmagan yirik hisobdagi mag'lubiyatdan keyin muxlislarimiz oldida g'alaba qozonishga harakat qildik. Ular oldidagi aybimizni yuvishga urindik. SHogirdlarim barcha ko'rsatmalarimni to'g'ri bajarishdi. Oldinda hali juda ko'p qiyin o'yinlar bor, barchasiga tayyor turishimiz kerak.
O'tgan o'yinlarda 3ta qizil kartochka olgan Akmal Xolmurodov haqida nima deyman? Akmal men uchun jamoaning eng muhim o'yinchilaridan biri. Futbolda qizishib ketish va kartochkalar bo'lib turadi.
"Mashal"da kuchli futbolchilar ko'p, masalan Zohir Qo'ziboev kabi hujumchini o'z jamoamda ko'rishni istardim. Hozircha moliyaviy muammolar borligini bahona qilmoqchi emasman, vaziyat shunday. Yigitlar maydonga tushib g'alaba uchun kurashishda davom etishadi", - deydi Davron Fayziev.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar