Davron Fayziev: "Lokomotiv" bugun o'ynamadi, mashg'ulot o'tkazdi"
17 avg 2015 22:39
Yangiliklar


Davron Fayziev: "Lokomotiv" bugun o'ynamadi, mashg'ulot o'tkazdi"
"Lokomotiv" - "So'g'diyona" (7:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Davron Fayziev qatnashdi.
"Bugungi "Lokomotiv" o'ynamadi, ular shunchaki mashg'ulot o'tkazishgandek tuyuldi. Raqib bizni yosh bolalarcha savaladi. Hisob tabloda turibdi. Hozir eng osoni ariza yozib ishdan ketish. Bugungi o'yindan so'ng ketishni istadim. Ammo qilingan mehnatga achinaman. Menimcha oliy liganing barcha klubida moliyaviy muammo bo'lsa kerak, bizda ham shunday muammo bor".
"Yigitlarim osmonga chiqib ketishgan shekilli. Keyingi o'yingacha ularni yana erga olib tushishga harakat qilamiz".
"SHu paytgacha 3 marta ariza yozdim, hech birini qabul qilishmadi. Agar men ketsam Jizzaxga hech bir murabbiy bormasa ham kerak. Ichimda ko'p gaplarim bor, ular ichimda qolgani yaxshi", - deydi Davron Fayziev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar