So’nggi yangiliklar

14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  1 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  2 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  1 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   3 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  15 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  18 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7

Davron Fayziev: Liga Kubogida guruhdan chiqib bo'ldik, ammo... Yangiliklar

Davron Fayziev: Liga Kubogida guruhdan chiqib bo'ldik, ammo...

O'zbekiston Liga Kubogi 2-turi doirasida Jizzaxda o'tgan “So'g'diyona” – “Dinamo” (0:3) uchrashuvidan keyin Samarqand jamoasi bosh murabbiyi Davron Fayziev o'yin haqida to'xtaldi.

- O'tgan o'yinlarda O'zbekiston Kubogidan chiqib ketganimiz va Superligada “Bunyodkor”ga alamli mag'lubiyatga uchraganimizdan keyin O'zbekiston Liga Kubogida munosib qatnashishni maqsad qilgandik va bugun Jizzaxda g'alaba qozondik. Vazifamiz turnirda imkon qadar uzoqqa borish. Bugungi o'yin oldidan yigitlarga dam bergandik, qolaversa ko'rgan bo'lsangiz biz ham tarkibdagi 4-5 nafar yigitlarga tatil berdik. O'yin chiroyli o'tdi. Barcha futbolchilarimga imkoniyat berishga intilayapman. “So'g'diyona” jamoasi o'yini ham ancha o'zgargan, ularning chempionatda ko'rsatayotgan natijasi barchasini aytib turibdi. 

“So'g'diyona” jamoasiga keyingi o'yinlarda omad tilayman. Jamoamga esa bugungi g'alaba uchun rahmat deyman. Oldingi turda “Surxon” ustidan 5:0 hisobida yutganimizni inobatga olsak, Liga Kubogi keyingi bosqichiga chiqib bo'ldik. Ammo navbatdagi “SHo'rtan”ga qarshi 3-turda ham guruh bosqichini yaxshi kayfiyatda yakunlash uchun boramiz. Bugungi chiroyli futbol uchun ikki jamoaga ham minnatdorchilik bildirish mumkin. Bunday tomoshabop o'yinlar muxlislarga doim yoqadi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика