So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  0 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  8 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  7 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  15 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Davron Fayziev: "Dinamo"da o'yinni boshqaradigan etakchi yo'q. Menga qolsa Salomov yoki Jeparovni taklif etardim" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Dinamo"da o'yinni boshqaradigan etakchi yo'q. Menga qolsa Salomov yoki Jeparovni taklif etardim"

Superliganing 4-turi doirasidagi "Dinamo" - "So'g'diyona" (1:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Davron Fayziev qatnashdi va jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

Davron Fayziev: - "Dinamo" - "So'g'diyona" qarama-qarshiligi azaldan mini derbi maqomida bo'lgan. O'ziga xos qiziqarli bahs guvohiga aylandik. Keskin kurashlarga boy jangovor o'yin bo'ldi. Omad bizga kulib boqqanidan xursanman. Jamoa esa shunga yarasha mehnat qilmoqda. "Dinamo" har o'yinda eng yomon jamoa emasligini isbotlamoqda. Maqsad ham shu. Superligaga bekordan bekorga qo'shishmaganini isbotlash kerak. Qachon elitaga qo'shilganimiz hech kimga qiziq emas va bu bahona bo'lib qolmasligi lozim. Umid qilamanki, mavsum oxirigacha jamoamiz futbolchilari paydo bo'lgan ishtiyoq so'nmaydi.

- O'yindan avvalgi prevyularni o'qiganimda ko'pchilik Fayziev o'z jamoasiga qarshi o'ynaydi, degan gaplarga ko'zim tushdi. To'g'ri, men murabbiylikdagi ilk qadamimni Jizzaxda qo'yganman. Lekin hayot shunday qiziq voqealarga boyki, hozirgi kunda men samarqandlikman. To'g'ri, Jizzaxda yashayman, ammo "Dinamo"ni boshqaraman. Bu erda meni qaerdan ekanligim muhim ahamiyatga ega emas. Mening jamoam "Dinamo" va faqat uning g'alabasini o'ylayman. Murabbiyning ishiga shunga qarab baho berishadi. Meni bu kabi taqqoslashlarini istamayman. Samarqand meni dunyoga tanitgan. CHunki futbolchilik davrimda aynan shu jamoada o'ynab tanilganman. "Dinamo" men uchun yaxshigina tramplin bo'lgan. Bu haqda meni murabbiy sifatida tayinlashganida ham takidlagandim.



- Biz tezda bugungi o'yinni unutib, kelgusidagi bahs, yani "Paxtakor" bilan bo'ladigan uchrashuv haqida bosh qotirishimiz lozim bo'ladi. "Dinamo"ni jiddiy o'yin kutmoqda. Aynan shu erda jamoaning haqiqiy xarakteri, umuman barcha narsa ko'rinadi. Raqib oddiy jamoa emas. Hozirgi kunda "Paxtakor" bizdan bir bosh ustun. Bu o'yindan avval qo'lni ko'tarish emas, hech bir jamoa uchrashuvdan avval raqibni yutolmaydi. SHu boisdan ham biz jiddiy tayyorgarlik evaziga yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz.

- Menda hech qanday irim yo'q. G'alabali tarkibni o'zgartirmaydigan odatlarim yo'q. O'tgan bahsga nisbatan birgina o'zgarishni amalga oshirdim. Bu esa ish berdi. Baratov o'rniga tushirilgan Qadamboy gol urishni uddaladi. Bu takidlaganingizdek, murabbiylik sezgisi. Mashg'ulotlardagi ishi bilan Qadamboy bugun asosiy tarkibga loyiqligini isbotladi. Men tarkib tanlashda aynan mashg'ulotlardagi harakatlarga etibor qarataman. G'alabali tarkib yoki boshqa jihatlarni inobatga olmayman.

- Hozircha tarkibdagi barcha futbolchilarga imkoniyat taqdim etolganim yo'q. Ayni paytda qo'l ostimda teng ikkita tarkib mavjud. Ayni paytda esa ularning 15 nafaridan foydalanib kelyapman. Barcha o'z vaqtiga ega bo'ladi. Fomin masalasiga keladigan bo'lsam, ushbu himoyachi jamoamizga oxirgi soniyalarda qo'shilgandi. Undan tashqari Fomin so'nggi bor 3 oy avval futbol o'ynagandi. Biz jamoa menejeri Ilhom SHaripov bilan birgalikda futbolchiga yaxshilik qilish maqsadida unga imkoniyat berdik. Agarda mashg'ulotlarda avvalgi mavqeiga qayta olishini isbotlasa, unga albatta imkoniyat taqdim etamiz.



- To'g'ri, har doim ham omad kulib boqavermaydi. Hozirgi paytda jamoani maydonda boshqaradigan etakchi futbolchi yo'q. Menga qolsa, imkoniyat bo'lsa, jamoamizga yoshiga qaramasdan SHavkat Salomov yoki Server Jeparovni olgan bo'lardim. CHunki ulardagi etakchilik qobiliyati, jamoani boshqarish, o'yinni qurishdagi aqlli harakatlar hozirgi futbolchilarning aksariyatida ko'rinmaydi. Futbolni barcha ko'radi, ammo hamma o'ziga ko'radi. "So'g'diyona" - "Surxon" uchrashuvini tomosha qilganimda, SHavkat Salomovning o'yinini ko'rib, uning foydali ish harakati naqadar balandligini hisoblab chiqilsa, barcha ko'radi. Yoki Jeparovni olaylik, hozirgi holatida ham jamoadagi etakchi. Biz bilan o'yinda jamoamiz baxtiga Server jarohat olib maydonni erta tark etgandi. Aks holda qiyin bo'lardi. Men aynan undan xavfsirab turgandim. Hozirgi yoshlarni to'g'ri tarbiyalash kerak deb o'ylayman. Yoshlar bir o'yinda zo'r o'ynab qo'ysa, keyin uni 1 haftacha maydonda qidirib yurasiz. Birinchi liga o'yinlarini ko'p kuzataman, istedodli yoshlar ko'p. Ammo ular hali pul haqida o'ylamasdan, asosiy etiborni mehnatga qaratishlari lozim. Pulni ortidan quvadigan yoshlar ko'p. Masalan qaysidir futbolchiga, "ukam, davay harakat qilgin, men seni "Dinamo"ga olaman desam, futbolchi menga nech pul berasiz", deydi. O'sha futbolchilar mehnatni kanda qilmay, ko'proq o'z ustida ishlashsa, pul keyinchalik ularning ortidan o'zi quvib keladi.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика