So’nggi yangiliklar

08:36“Реал Мадрид“ етакчиси операция қилинади ва келаси мавсумнинг бошини ўтказиб юборади  0 08:09Гвардиола ғалати сабаб туфайли “Ман Сити“ни тарк этиши мумкинлиги маълум қилди  9 07:45Sofascore. Жамоасининг голларидан бирига муаллифлик қилган Ғаниев неча баҳо олди?  3 07:18Ўзбекистон кубоги. Бугун гуруҳ босқичи якунланади  0 02:00АПЛ. "Манчестер Сити" "Борнмут"ни мағлубиятга учратиб, ЕЧЛ йўлланмасини деярли ҳал қилди. Ҳусанов қайдномага киритилмади  33 00:35Эмилиано Мартинес икки топ-клуб қизиқишлари доирасида  2 00:13"Атлетико" президенти 3-ўрин ҳақида: "Бу фалокат!"  12 23:45"Барселона" асосий трансфер мақсадини белгилаб олди  10 23:19Анге Постекоглу: "МЮ футболчиларининг бундай катта ўйинга қандай тайёрланишини билмаймиз"  1 22:55Родригога Англиядан харидор чиқди  2 22:31ОФК клублар рейтинги янгиланди. Ўзбекистон ўз ўрнида қолди  12 22:06"Барселона" ҳимоя етакчиларидан бири билан шартномани узайтирмоқчи  2 21:40"Милан"нинг ЕЧЛга чиқа олмагани клубга бир неча ўн миллион еврога тушади  5 21:14"Рома"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  6 20:48Португалия термаси Миллатлар Лигаси ярим финали учун қайдномасини эълон қилди  6

Davron Fayziev: Dinamo - Nasaf o'yini Samarqandda katta futbol bayramiga aylanadi Yangiliklar

Davron Fayziev: Dinamo - Nasaf o'yini Samarqandda katta futbol bayramiga aylanadi

Barchamiz intiqlik bilan kutayotgan damlar etib kelmoqda. Yana bahor, yana futbol. Keyingi haftadan Superliga-2019 bahslari start oladi.

SHiddat vada qilayotgan o'yinlar oldidan yaqinda Superliga ishtirokchisiga aylangan “Dinamo” jamoasi bosh murabbiyi Davron Fayzievning fikrlari bilan qiziqdik.

“Avvalambor, barchani bahorning kirib kelishi bilan tabriklayman. Bahoriy kayfiyat barchamizni yil davomida tark etmasin. Bahor bu nafaqat, ayollar bayrami yoki Navro'z, balki futbol bayramining ham boshlanishidir.

Oldindan bizni juda qiziqarli mavsum kutib turibdi. Superliga ishtirokchisiga aylanganimiz futbolsevar Samarqand xalqi uchun bahoriy bayramlar oldidan kutilmagan xushxabar bo'ldi. Biz yil boshidan buyon jamoamiz bilan puxta tayyorgarlik ko'rishga kirishganmiz. “Dinamo” Superligada ham munosib bo'lishga intiladi. Avvaldan oldimizga Superligaga chiqish vazifasi qo'yilgandi. Endi munosib bo'lish uchun 10 kun vaqt qolgan bo'lsada, biz bor imkoniyatimizni ishga solib tayyorgarlik ko'rayapmiz.

Mavsumni qo'shnilarimiz Qashqadaryoning “Nasaf” klubiga qarshi bahs bilan boshlaymiz. “Dinamo” – “Nasaf” o'yini Samarqandda katta futbol bayramiga aylanadi. Bu jamoalar o'rtasidagi bahs doim qiziqarli kechgan. 1-turdagi raqibimiz “Nasaf” haqida faqat iliq fikrlarni aytish mumkin. Ular har qanday tarkibda bo'lishmasin, o'z uslublariga ega jamoadir.

Qisqa vaqt qolgan bo'lsa-da, men bunday sinovlarga oldin ham tushganman, shu bois bu safar ham tayyorman. Yigitlarimizga ishonayapman. “Dinamo” bitta katta oilaga aylangan. Bizning eng katta kuchimiz birdamligimizda. Bilasiz, bizning minglab muxlislarimiz bor. Yangi mavsumda ham bizni qizg'in qo'llab-quvvatlab tursalar, biz ham ishonchni oqlab, Superligada uyaltirmaymiz” – deydi “Dinamo” bosh murabbiyi Davron Fayziev.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика