So’nggi yangiliklar

15:34Роналду яқин орада фаолиятини тугатиш ниятида эмас  0 15:08Артета: "Арсенал" сўнгги уй ўйинида АПЛни ютишини орзу қилгандим"  0 14:45Breaking! "Манчестер Юнайтед" Матеус Кунья билан шартнома имзолашга яқин!  1 14:27"Лочинлар" "қалдирғочлар"нинг "қанотини қайирган" ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 14:18Валерий Седунов вафот этди  0 13:51"Қолишимни кутмагандим". Салоҳ – шартномаси ҳақида  0 13:22"Айнтрахт" Беллингемга кўз тикди  8 12:56"Манчестер Сити" икки футболчи учун 180 млн фунт сарфлайди  17 12:29Камолиддин Тожиев: "Педро Морейра клубдан кетдими? Раҳбариятдан сўраганингиз маъқул"  6 12:26"Насаф"нинг Қўқондаги ғалабали ўйинидан ГАЛЕРЕЯ  0 11:52Криштиану Роналдунинг ўғли финалда дубль қайд этиб, Португалияга ғалаба келтирди  16 11:25Лапорта Ямаль билан шартнома ҳақида: "Ҳамма нарса келишиб олинди"  26 10:59Роналдуга кутилмаган жамоадан таклиф тушган. У клублар ўртасидаги ЖЧда иштирок этиши мумкин  5 10:32“Арсенал“ ёзда учта йирик трансферни амалга оширмоқчи  3 10:06Sofascore. Алиқулов неча баҳога лойиқ кўрилди?  0

Davron Fayziev: "Davralar oralig'idagi nazorat o'yinida "Navbahor"ni osonlik bilan yutib qo'ygandik" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Davralar oralig'idagi nazorat o'yinida "Navbahor"ni osonlik bilan yutib qo'ygandik"

"So'g'diyona" - "Navbahor" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Davron Fayziev o'z fikrlarini bildirdi.

Uchrashuv chiroyli va qiziqarli tarzda o'tdi. Bahs davomida gol urish uchun jamoamizda raqibga qaraganda ko'proq imkoniyatlar bo'ldi. SHunga qaramay bunday o'yinda yutqazib qo'yishimiz ham hech gap emasdi. Futbolda sen urmasang, senga urishadi degan gap bor. Bugun aynan shu  hol ro'y berishi mumkin edi. Bunday holatni qanday baholashga hayronman. Hozirda yaratgan vaziyatlarimizdan hujumchila u yoqda tursin himoyachilar ham gol ura olshsa kerak deb o'ylayman.

Kecha va bugun o'yindan oldin futbolchilarimizga ko'rsatma bera turib bir jihatga etibor qaratishlarini so'radim. Yani kecha"Andijon" futbolchilari "Qo'qon-1912" jamoasi bilan o'yindan oldin yutuq cho'ntagimizda deb o'ylashgani sababli yakunda raqibga imkoniyatni boy berib qo'yishdi. SHunga o'xshash voqea takrorlanmasligini birinchi navbatda takidlab o'tgandim.

Raqibni mensimaslik fikri tug'ilmasligi uchun bu gaplarni aytgandim. Davralar oralig'idagi nazorat o'yinida "Navbahor"ni osonlik bilan yutib qo'ygandik. Yigitlardan o'sha g'alabani unutgan holda uchrashuvga  jiddiyroq yondoshishlarin istanandim. Futbolchilarimiz birinchi bo'limda ustunlikka erishganlaridan keyin oson g'alaba qozonar ekanmiz degan hayolga ham borishgani sezildi. Yakunda g'alabani qo'lga kirtganimizdan xursandman.

O'yingohda har ikki jamoani qo'llab turgan muxlislarga alohida rahmat aytgan bo'lardim. Ular bugun yaxshigina o'yinni guvohiga aylanishdi. Kelgusida ham suyukli jamoalarini munosib tarzda qo'llab quvvatlashlarini tilab qolaman. "Navbahor" jamoasi haqida gap ketganida, ularni bugun iliq taassurot qoldirganliklarini etirof etgan bo'lardim. Agarda davralar oralig'idagi nazorat o'yini bilan solishtiradigan bo'lsak, namanganliklar yaxshiroq tarzda to'p surishdi. Mehmonda harakat qilgan jamoa sifatida yaxshi taassurot uyg'otishdi, - deydi Fayziev.


"So'g'diyona" matbuot xizmati

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика