So’nggi yangiliklar

07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  3 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  1 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  6 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  6 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  64 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  3 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  8 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2

Davron Fayziev: "Bugungi g'alabani uzoq yo'l bosib kelgan muxlislarga bag'ishlaymiz" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Bugungi g'alabani uzoq yo'l bosib kelgan muxlislarga bag'ishlaymiz"

Pro liganing uchinchi turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Buxoro" (0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev fikrlarini bildirib o'tdi

"Avvalambor, "Olimpik" jamoasi rahbariyatiga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman, tashkiliy ishlar hamda sifatli maydonda to'p tepishga shart-sharoit yaratib berishgani uchun.

O'yinga to'xtaladigan bo'lsam, bugungi bahsga o'ta jiddiy tayyorgarlik ko'rgan edik. "Olimpik" yaxshi shakllanayotgan yoshlardan iborat jamoa, murabbiyi ham zamonaviy fikrlaydigan yaxshi mutaxasis hisoblanadi. Ammo har bir jamoa o'z oldiga g'alabani maqsad qilib qo'ygan bo'ladi, bizning ham o'ylagan rejalarimiz amalga oshdi. O'ylaymanki bugungi bahs, barchaga manzur bo'ldi. Qolaversa, bizni yolg'izlatib qo'ymaslik uchun Buxoroyi sharifdan tashrif buyurgan muxlislarimizga katta raxmat deb qolaman. Ularning qo'llab quvatlashini biz har doim his qilib turamiz. G'uzor, Olmaliq va mana bugun Toshkentda ham biz bilan birga bo'lishdi. Bugungi g'alaba muxlislarimiz uchun.

Klubimizdagi yosh futbolchilardan biri hozirda "Olimpik"da o'ynamoqda. Uchtasi o'z jamoamizda qolgan. Sardor Izzatov, Nuriddin Muzaffarov, Anvar Jo'raev. Jo'raev yaqinda olimpiya terma jamoasi tarkibida Antaliyadagi turnirda ishtirok etib qaytdi. Baribir ko'proq mahalliy futbolchilarga etibor beramiz. Lekin oldimizga katta maqsad qo'yilgan yani "Buxoro"ni Superligaga qaytarish. Qolaversa U18 jamoamizni mahalliy buxorolik futbolchilar tashkil qilishmoqda. Ularga ham etibor qaratamiz. O'zim yaqindan tanishgan futbolchilarni barchasini jamoada olib qolganman",- deydi Davron Fayziev.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика