So’nggi yangiliklar

20:11Араухонинг "Барселона"даги келажаги маълум  0 19:51"Нефтчи" назорат баҳсида Сербия клубини мағлуб этди, Искандеровдан гол  3 19:30Осиё кубоги-2025 саралаши. Ўзбекистон Кувайт дарвозасига 5та тўп киритди  1 19:18Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев "Манчестер Сити" клуби хўжайини билан учрашди  3 18:42"Бразилия ЖЧ-2026да Неймар учун ўйнамаса, чемпион бўла олмайди"  3 17:59Романо: "Манчестер Сити"нинг янги хариди бугун Англияга учиб боради  6 17:16Отабек Умаров ва Равшан Эрматов Миллий футбол марказидаги қурилиш жараёнини кўздан кечирди  6 16:55Суперлигага қайтган "Қўқон-1912" назорат баҳсида кумуш медал соҳиби ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди  8 16:28"Динамо" БААга учиб кетди. Абрамов шогирдлари ЖАР, БАА, Россия ва Хитой клубларига қарши ўйнайди  2 16:05"Африкада бир бўлак нон учун ҳар куни эрталаб 20 миль масофани босиб ўтадиган инсонлар бор"  3 15:22"Пахтакор" Туркия йиғини доирасида Чехия клубига мағлуб бўлди  14 15:00Ўзбекистон МТЖнинг Иорданияга қарши ўйини бошланиш вақти маълум  4 14:33Тен Хаг Топ-5га қайтиши мумкин  4 13:48"Манчестер Сити"нинг аҳволи яхши эмас  22 13:15"Пахтакор"нинг навбатдаги трансфери европалик футболчи бўлиши мумкин  13

Davron Fayziev: "Birinchi va ikkinchi taymdagi o'yinimizda er bilan osmoncha farq sezildi" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Birinchi va ikkinchi taymdagi o'yinimizda er bilan osmoncha farq sezildi"

Coca Cola Superligasi 22-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Qo'qon-1912" (5:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin qiziqarli o'tdi. Faqat "Paxakor" jamoasi foydasiga. Mezbonlarni g'alaba bilan tabriklayman. Birinchi va ikkinchi taymdagi o'yinimizda er bilan osmoncha farq sezildi. Tarjibali futbolchilarimizning bunday yosh bolalarcha xato qilishi qimmatga tushdi. Birinchi bo'limda o'ylagan rejalarimiz amalga oshdi. "Paxtakor"dek jamoaga mehmonda 2 ta gol urish kichik natija emas. Ikkinchi taymdagi qo'pol xatolar mana shunday yirik hisobga olib keldi. Qo'shimcha yana nimadir deyishim qiyin.



Jamoamizda Dragan CHerandek o'yinchi yo'q. "Paxtakor"ning oldingi o'yinlarini o'rganib, tahlil qilib chiqqandik. Haqiqatan ham CHeran jamoaning etakchi futbolchisi hisoblanadi. Biz CHeranni ko'proq Oybek Rustamov qo'riqlashini aytgandik. Tajriba baribir o'z so'zini aytdi. Boshqa jamoalarda u kabi futbolchini topish qiyin. Afsuski, uning ham yoshi o'tib boryapti. 

Fayzullaevni alohida etirof etgan bo'lardim. Bo'yi va jussasini inobatga olmasak, kelajakda CHeranga o'rinbosar bor deb hisoblasak bo'ladi. Solishtirish g'alati-yu, lekin u "Paxtakor"ning o'yinini boshqarishi mumkin bo'ladi. CHeran bugun eng zo'r o'yinini o'tkazganini tan olish kerak.

Hozirgi holatimizda bizga ko'p yutuqlar kerak, juda ko'p durang o'ynadik. Kapadze jamoasi durang o'ynash bo'yicha etakchi bo'lsa, adashmasam, biz bu borada ikkinchi bo'lib turibmiz. "Paxtakor"ga qarshi qo'lga kiritilishi mumkin bo'lgan minimum natija durang uchun harakat qilgandik. Ammo uchinchi va to'rtinchi gol bizni muvozanatdan chiqardi. Biz faqat himoyada o'ynash uchun maydonga tushmagandik, ochiq futbol ko'rsatishni istadik. Ikkinchi taymda har tomonlama raqibga yutqazdik. O'z xatolarimi evaziga jazolandik. Faqat bugun emas, boshqa o'yinlarda ham shunday bo'ldi. Durang o'ynagan bahslarimiz ham bunga misol. O'yindan oldin himoyada ishonchliroq o'ynashni takidlagandim. 

Hozirgi vazifamiz – jamoani Superligada saqlab qolish. Xudo xohlasa, buning uchun kuch topamiz va qolgan 4 turda ijobiy natija uchun intilamiz. 



Muxlislarimizga har doim hurmat bilan qaraganman. Aytganingizdek, ayrim muxlislar "Fayziyev out" deya hayqirishdi. Agar bu jamoa taqdirini o'zgartirsa, muxlislar va rahbariyat shuni loyiq bilsa, istefoga chiqishga tayyorman. Murabbiylar shtabi mehnatimizdan uyalayotgan joyimiz yo'q. Jamoamiz futbol o'ynayapti, xavfli vaziyatlar yaratyapti. Muxlislar hammasiga murabbiy javobgar deb bilishadi. Albatta, buni o'z bo'ynimga olaman. Bu taqdirimizda bor. Yosh bolalarcha xato qilinsa, murabbiyni ayblash ham xato bo'lsa kerak deb o'ylayman. Hozir mavjud futbolchilardan foydalanamiz. Oldimizga qo'yilgan vazifa – jamoani Superligada olib qolish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz.

To'g'ri, faoliyatimga nazar tashlasam, hamma joyda og'ir vaziyat hukm surganda ishlaganman. Men ishlagan joylarimda hamma narsa muhayyo bo'lmagan. Demak, shu narsa taqdirimga yozilgan. Bundan uyalmayman. Qilayotgan ishlarimni muxlislar, mutaxassislar va murabbiylar bilishadi. Masalann, u yo'q yoki bu yo'q, deya bahona qilishni istamayman. Yiqilsam, yana turib kurashaman. Ishlagan joylarimda rahbariyatdan so'rashingiz mumkin. Men uchun jamoamiz ko'rsatgan chiroyli futbol muhim o'rin tutadi. Yuzim yorug'. 

Balki kelajakda tayyor jamoani qabul qilib olarman. Hammasi Allohdan. Bor imkoniyatdan maksimal darajada foydalanishga harakat qilamiz.

Fayzullaev o'tgan o'yinlarda ham zo'r o'yin o'tkazgan edi. Unga ko'proq Quvondiq Ro'ziev etibor qaratishi lozim edi. To'p yo'qotilgan vaziyatda Abbos Fayzullaev zarba berish poziciyasiga chiqib bordi, o'sha joyda qo'pol xatoga yo'l qo'ydik. To'p yo'qotilishiga futbolchilarimiz tayyor turmagan. Biz Fayzullaevning zarba yo'llashiga qo'yib berdik. Aynan mana bu futbolchi xato qildi deyish noo'rin bo'ladi, chunki futbol – jamoaviy o'yin. Yutqazganda murabbiy yutqazadi, yutganda esa jamoa. Bugungi o'yinda murabbiy sifatida mag'lub bo'ldik. Hech bir futbolchiga etirozim yo'q. Umid qilamanki, kelajakda oldimizga qo'ygan maqsadimizga etamiz", – dedi Fayziev.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика