So’nggi yangiliklar

00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  38 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  6

Davron Fayziev: "Men o'yinning qaerda o'tishini belgilamayman" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Men o'yinning qaerda o'tishini belgilamayman"

Oliy liga 10-turi doirasida bo'lib o'tgan "So'g'diyona" - "Paxtakor" (0:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
D.Fayziev: - O'yin biz kutgandek boshlandi. O'zimiz o'ylagan rejalarni amalga oshirdik. Biroq ikkinchi bo'lim boshida o'tkazib yuborilgan goldan keyin ruhiy tushkunlik kuzatildi. Yirik hisobda yutqazdik, lekin muxlislar o'yindan qoniqish hosil qilishganga o'xshadi. Muxlislar uchrashuv tugagach, bizni olqishlar ostida kuzatib qo'yishdi. Raqib bilan tengma-teng kurashdik, faqat o'yin borasida. Hisob esa “Paxtakor”ning mahoratini ko'rsatib turibdi. Ularda imkoniyat bo'lishi bilan hisobni ochishdi va imkoniyatlardan foydalanishdi. Bizda tarkibda yo'qotishlar bo'ldi. Komilov diskvalifikaciya, Rajabov betobligi tufayli maydonga tusha olmadi. Ularning o'rniga tushgan futbolchilar imkon qadar yaxshi o'ynashga harakat qilishdi.

CHempionat turdan-turga qizib bormoqda. Ishqibozlarga sovg'a tayyorlamoqchi edik. Hech bo'lmaganda durang natijaga erishishni xohlagandik. Afsuski, buni uddalay olmadik.
Bizga muxlislarning faol qo'llab-quvvatlashi ham etishmadi. Biz kiritgan birinchi to'p hisoblanmagani ham yigitlarga salbiy tasir qilgandek tuyuldi.

Vazifam futbolchilarni o'yinga tayyorlash. Men o'yinning qaerda o'tishini belgilamayman. PFL bizga Zominda o'ynashni taqiqladi. Samarqandda o'ynashni xohlagandik, biroq u erda tadbir o'tkazilishi sababli yana Yangierda o'ynashga majbur bo'ldik. Jizzaxdagi stadion va maydon tayyor, biroq yugurish yo'lakchasini bitirayotgan quruvchilar bunga ruxsat berishmadi. 10 tur ortda qoldi va biz hali o'z maydonimizda o'ynamadik. Biroq buni muvaffaqiyatsizlikka sabab qilib keltirmoqchi emasman. Bizda jamoa shakllanishi davom etmoqda.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика