So’nggi yangiliklar

14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  1 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  6 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  9 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4

Davron Fayziev: “Klubdagi vaziyat haqida gapirishga ojizman” Yangiliklar

Davron Fayziev: “Klubdagi vaziyat haqida gapirishga ojizman”

Jizzaxlik murabbiy Davron Fayziev o'z viloyati jamoasini haminqadar shakllantirishga urinayotgani ko'rinib turibdi.

Ammo rahbariyat tomonidan etarli etibor berilmayotgani natijasida Fayzievga ham oson bo'lmayapti. Garchi oldida bir nechta takliflar turgan bo'lishiga qaramay, “So'g'diyona”da qolib, xolatni ijobiy tomonga o'zgarishidan umidvor bo'layotgan murabbiy bilan so'nggi bor oliy ligada jamoalar soni 16ta bo'lishi elon  qilingach suhbatlashgandik. SHunda Davron Oripovichning xursandchiligi cheksiz edi. Yangi mavsumga yangi umidlar bilan tayyorgarlik ko'rishni rejalashtirayotganini yashirib o'tirmagandi va imkoniyatdan munosib ravishda foydalanib qolishlari kerakligini juda yaxshi xis etayotgani takidlagandi. 

Bugun Fayziev bilan yana bog'landik. O'zaro salom-alikdan keyin, klubga oid savollar bilan murojaat qildim. SHunda murabbiyning tushkun kayfiyatda ekanligini bilish qiyin emasdi. Klubdagi vaziyat haqida hozir gapirishga ojiz ekanligini bildirib. “Kasalini yashirsang, isitmasi oshkor etar” degan iborani ham qo'shimcha qildi. Murabbiyning aytishicha, jamoa hanuz futbolchilar bilan to'liq hisob-kitob qilmagan. 

Bundan tashqari “So'g'diyona”ning dekabr oyida yig'in o'tkazmasligi malum bo'ldi. 3 yanvardan futbolchilarni yig'ish rejalashtirilmoqda. Tabiiyki bundan xabar topgan har qanday futbolchi Jizzax jamoasiga borishga ikkilanib qolishi turgan gap. CHunki kimni ham moddiy qiyinchilikka duch kelgan jamoaga borib o'ynagisi keladi. Albatta bunday vaziyatda murabbiyga qiyin kechadi. CHunki u o'z jamoasida ko'rishni istagan futbolchilarni taklif etishda hijolat chekishi aniq. 

Davron Fayziev agarda klubda vaziyat o'zgarmasa do'stona ruhda hayrlashishi ham mumkin. Buni murabbiyning o'zi ham inkor etmadi.  

Islombek Rustambekov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика