Davron Fayziev: "Hayot to'xtab qolmaydi"
25 apr 2015 20:49
Yangiliklar

Davron Fayziev: "Hayot to'xtab qolmaydi"
"Neftchi" - "So'g'diyona" o'rtasidagi o'yindan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Davron Fayziev ishtirok etdi.
"Neftchi" jamoasini haqqoniy g'alaba bilan tabriklayman. Raqib juda ham yaxshi tayyorgarlik ko'rganini bilardim. Uchrashuvdan oldingi prevyularni o'qidim, oxirgi ikki yilda "So'g'diyona" "Neftchi"ni mag'lub etib, durang o'ynab kelayotgandi. Biroq o'tgan yilgi tarkibni saqlab qola olmadik. Hayot to'xtab qolmaydi. So'nggi paytlarda jamoamiz haqida ko'p gap so'zlar tarqalmoqda. "Neftchi"ni tabriklayman", - deydi Davron Fayziev.
"Mavsum boshidan buyon jamoamdan shijoat talab qilayapman. Lekin biz deyarli noldan jamoa tuzdik. O'tgan yilgi tarkibdan faqat 2 kishi qolgan. Oldin ham aytgandim, Jizzaxdagi yangi stadionda tezroq o'yin o'tkazishni istaymiz. Agar uchrashuv boshida tezkor gollar o'tkazib yubormaganimizda hisob yirik ko'rinish olmasligi mumkin edi".
"Bugun biz himoyadan o'ynadik. Lekin rejamiz amalga oshmadi. Ikkita yo'qotish bor edi, Ilhom Komilov va Muqim Toshmatov jarohat tufayli maydonga tusha olishmadi".

Fikrlar