Davron Fayziev: "Buxoro"ni birinchi yutuq bilan tabriklayman"
02 iyu 2015 11:20
Yangiliklar

Davron Fayziev: "Buxoro"ni birinchi yutuq bilan tabriklayman"
"Buxoro" - "So'g'diyona" (1:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Davron Fayziev qatnashdi.
"Bugun ikki jamoadan birining taqdiri hal qilinishi mumkin edi. O'yin qiziqarli o'tdi, g'alaba qozonsak oliy ligada qolish uchun katta qadam tashlagan bo'lardik. Bu futbol, penaltidan gol ura olmadik. "Buxoro"ni birinchi yutuq bilan tabriklayman. Buxoroda oxirgi yillarda omad kulib boqmayapti. G'oliblarni hech qachon sud qilishmaydi", - deydi Davron Fayziev.
"So'g'diyona"da o'tish davridan o'tmoqda, shunday o'yinlardan so'ng futbolchilarning mahorati oshib boradi. Yosh futbolchilar tajribaga ega bo'ladi".
"O'tgan yilgi tarkibdan 11 nafar futbolchi tark etdi. Ular kuchli klublarga o'tib ketishdi. Bu yil ham ikki futbolchimizga taklif tushdi. Moliyaviy qiyinchiliklar bo'lmasa tarkibimizdagi barcha futbolchilarni saqlab qolamiz".
"Yozda barcha klublar tarkibni kuchaytirishga urinishadi. Men ham bir nechta futbolchilarni ko'z ostimga olib qo'ydim. Imkon bo'lsa ularni o'z safimizga qo'shib olamiz".

Fikrlar