So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  5 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  5 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  56 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  7 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Davron Fayziev: "Biron-bir narsani o'zgartirish kerakdir" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Biron-bir narsani o'zgartirish kerakdir"

"SHo'rtan" - "So'g'diyona" (3:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Davron Fayziev o'z fikrlarini bildirdi.
-   Ikkinchi uchrashuvda ham yirik hisobda mag'lubiyatga uchrash bu yaxshi alomat emas. Bugungi o'tkazib yuborilgan gollar hammasi o'zimizning xatolar va yana xatolar evaziga bo'ldi. Boshlanishi yomon emas, golgacha hammasi ko'ngildagidek edi. Godan so'ng, yigitlar ruhan “sinib” qolishdi... Bilmadim nimaga bunday bo'ldi, o'zim ham tushunmadim.

Hakamlar haqida esa gapirishni ham xohlamayman. Jarima maydonchasi ichidagi erkin zarba keyin esa penalti, tushunmadim. Hammasi biz tomonga bo'ldi... Bu gaplarim bilan o'zimni oqlash niyatim yo'q. Lekin baribir ularning harakatidan ko'nglim to'lmadi. Nima keragi bor edi bunday qilib. 

-   O'tgan uchrashuvdagi yirik mag'lubiyatdan so'ng, jamoa azolarini ruhan o'z holatiga qaytarish oson bo'lmadi, dedingiz...

-   Ha, shunday. Bu yog'i ham oson kechmasligi aniq. Keyingi raqiblarimizni qarang, “Lokomotiv”, “Navbahor”...
Yuqorida bolalar haqida gapirdim, aslida birinchi va ikkinchi turlardagi yirik mag'lubiyat har qanday murabbiyni ham ruhan tushkun kayfiyatga solib qo'yadi. SHuning uchun bugungi o'yin haqida aniq bir gap aytishga so'z ham topa olmayapman. Endi uyga borgach, tahlil qilamiz, o'yin video tasmasini ko'ramiz. Xullas, bir to'xtamga kelamiz.
Ikki uchrashuvdagi natijaga kelsak, hech kimni ayblay olmayman. Hamma ayb va masuliyatni o'z zimmamga olaman. Balki jamoada nimanidir o'zgartirish kerakdir. Yoki o'zim biroz dam olishim zarurdir. Vaqt nuqtai nazaridan olib qarasak esa chempionat allaqachon boshlanib ketdi. Vaqt esa oliy hakam. 


"SHo'rtan" klubi matbuot xizmati
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика