So’nggi yangiliklar

08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  0 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  9 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  7 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   17 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1

Davron Fayziev: "3ta o'yinda 10ta gol o'tkazish himoya chizig'imiz yo'q deganidir" Yangiliklar

Davron Fayziev: "3ta o'yinda 10ta gol o'tkazish himoya chizig'imiz yo'q deganidir"

"So'g'diyona" - "Lokomotiv" o'rtasidagi o'yindan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Davron Fayziev qatnashdi.
"Uchrashuv biz kutgandek kechmadi. Sababi bahs avvalidagi xato, 11 metrli jarima to'pini belgilanishi rejamizni buzib qo'ydi. Buni to'g'rilashga harakat qildik. Lekin raqibning mahorati bizdan kuchli. "Lokomotiv" xatoni kechirmaydigan jamoalar sirasiga kiradi. Ikkinchi bo'limda vaiyatni o'nglashga urindik. Buning oqibatida yana jazolandik. Yuzaga kelgan imkoniyatdan faqat bitta gol urdik.

"Lokomotiv" jamoasini tabriklayman. Ular ham bugungi o'yinga xavfsirab kelishlarini bilardik. Bizdan har tomonlama omad yuz o'girmoqda. Bugun ham o'z maydonimizda o'ynamadik. Jizzaxdan kelib bizni qo'llab turgan barcha muxlislarga rahmat aytaman. Xudo xohlasa natija keladi. Biz o'tgan yilgi jamoaning o'zagini saqlab qola olmaganimiz chatoq bo'ldi. Yana ishlashda, mehnat qilishda davom etamiz", - deydi Davron Fayziev.

- Jamoa qachon Jizzaxda o'ynaydi?
- O'zim ham shu kunlarni kutib yuribman. 18 aprel kuni yangi stadionda o'ynashimizga vada berishdi. Lekin bu yakuniy qaror emas. Barcha muammo hal qilinsa 5-tur o'yini Jizzaxda bo'lib o'tadi.

- "So'g'diyona" 3ta o'yinda har bir o'yinda kamida 3ta gol o'tkazib yubormoqda...

- To'g'ri 3ta o'yinda 10ta gol o'tkazish himoya chizig'imiz yo'q deganidir. O'yindan avval shogirdlarimga xato qilmaslikni takidlagandim. Oddiy holatlarda darvozabonimiz to'pni tepa olmayapti, himoyachimiz to'pni qo'li bilan o'ynamoqda...Bu erda bosh murabbiyning ham aybi borligi aniq.

- Keyingi turlardan oldin nimaning evaziga o'yinni kuchaytirmoqchisiz?

- Agar bunga ishonmaganimda ishdan ketardim. Bitta jamoani tuzish uchun kamida 3-4 yil kerak. 2013 yil dastlabki 2ta turida 1ta gol urib 9ta gol o'tkazgandik. Vaziyatni o'nglashga vaqtimiz bor. Bizning kamchiligimiz jamoamiz o'zagini saqlab qola olmaganimiz bo'ldi.


"So'g'diyona" matbuot xizmati yordamida tayyorlandi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика