Davron CHoriev: "Yil boshida yo'qotilgan ochkolar tufayli mavsum o'rtalarida ko'p kuch sarfladik"
06 iyu 2022 01:16
Yangiliklar
Davron CHoriev: "Yil boshida yo'qotilgan ochkolar tufayli mavsum o'rtalarida ko'p kuch sarfladik"
Futzal bo'yicha O'zbekiston kubogining final bahsidan so'ng turnir g'olibi "Jizzax-Kenteks" azosi Davron CHoriev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yin qiyin ruhda o'tishini bilardik, shunga yarasha tayyorgarlik ko'rdik. "Paxtakor" yaxshi jamoa, bejizga chempionatda uchinchi o'rinni qo'lga kiritmadi. Uchrashuv boshida biroz qiyinchilikka duch keldik. Ikkinchi goldan so'ng engil nafas oldik. Asosiysi, maqsadimizga erishdik.
Garchi ikki titulni qo'lga kiritgan bo'lsak-da, sovrinlar uchun kurash juda og'ir kechdi. Ayniqsa, yil boshida yo'qotilgan ochkolar evaziga mavsum o'rtalarida ko'p kuch sarflashimizga to'g'ri keldi.
Bugun omad bizga kulib boqdi. Raqibda ham yaxshi imkoniyatlar paydo bo'ldi, ammo vaziyatlardan foydalanishda bizning qo'limiz baland keldi", — deydi CHoriev.
Fikrlar