Davron CHoriev: "Xitoy Taypeidan oltin medal bilan qaytamiz degan umiddaman"
16 dek 2017 17:52
Yangiliklar
Davron CHoriev: "Xitoy Taypeidan oltin medal bilan qaytamiz degan umiddaman"
Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Davron CHoriev Osiyo chempionatiga qura tashlangach o'z fikrlarini bildirdi.
"Guruhimizda kuchsiz jamoa yo'q. Osiyo chempionatidagi eng murakkab guruh desak ham bo'ladi. Yaponiya terma jamoasi doim Osiyoda kuchli to'rtlikka kirib keladi. Tojikiston ham so'nggi yillarda yaxshi natijalarga erishmoqda. Janubiy Koreya bilan ham oson o'yin bo'lmasligi aniq.
Bu terma jamoalar haqida to'liq malumotlarni murabbiylar shtabidan bilib olamiz. Xitoy Taypeidan oltin medal bilan qaytamiz degan umiddaman", - deydi Davron CHoriev.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi "B" guruhida Yaponiya, Tojikiston va Janubiy Koreya bilan o'ynaydi. Malumot uchun, futzal bo'yicha Osiyo chempionati–2018 musobaqasi 1–11 fevral kunlari bo'lib o'tadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar