So’nggi yangiliklar

14:15"Манчестер Сити" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга қўшилди  0 13:45Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди  1 13:20"Барселона"да асосий таркибдан мосуво қилинган Тер Штегенга "Сити"дан таклиф тушди  3 12:57"Челси" дарвозабони "Борнмут"га ўтди. Трансфер шартлари қанақа?  0 12:38"Қизилқум" легионери жамоадан кетди  1 12:18ЖЧ-2026 саралаши. Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлаб берди: Қатар ва БАА битта гуруҳда  25 11:52IFAB VAR иши ва пенальтилар ижросига оид қоидаларни ўзгартириши мумкин  3 11:18Роналду Луис Диасни "Ал Насср"да кўришни истамоқда — клуб 100 миллион евро беришга тайёр  0 10:46"Like Сup" қайтди. 3 та тўқнашувда 29 та гол урилган учрашувлардан галерея  3 10:19ОКМК назорат учрашувида Қирғизистон клубини йирик ҳисобда енгди  0 09:52Валижон Раҳимов: "Нима учун ўзимни кўрсата олмаганимни ҳалигача тушуниб етмадим"  4 09:15"Реал" ўзининг энг қиммат футболчиларидан бири билан хайрлашишга тайёр  8 08:51"Нефтчи"даги саҳифам ёпилди, кетиш икки томон учун ҳам фойдали бўларди" — Тома Табатадзе билан интервью  3 08:20МЛС. "Интер Майами" мағлубиятга учради, Мессининг голли серияси якунланди  3 08:00Неймарнинг голи "Сантос"га ғалаба келтирди, "Фламенго"нинг ғалабали серияси тўхтади  0

Davron CHoriev: "Osiyo chempionati saralashiga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik" Yangiliklar

Davron CHoriev: "Osiyo chempionati saralashiga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik"

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi 15-17 oktyabr kunlari Eronning Tabriz shahrida 2018 yil bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga saralash bahslarida ishtirok etadi.

Guruhda Bahodir Ahmedov shogirdlari Nepal, Turkmaniston va Qirg'iziston bilan bellashishadi. Guruhda dastlabki ikki o'rinni olgan jamoalar Xitoy Taypeida o'tkaziladigan Osiyo chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Ushbu musobaqa 6-18 fevral kunlariga belgilangan. Biz O'zbekiston futzal terma jamoasi azosi Davron CHoriev bilan Eron safari oldidan suhbatlashishga qaror qildik.

- Osiyo chempionati saralashiga qachondan tayyorgarlik boshlandi?

- Ashxobodda o'tgan Osiyo o'yinlari yakuniga etgach murabbiylar bizga 3 kun dam berishdi. Oktyabr oyining boshidan buyon kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazayapmiz. Tayyorgarlik juda yaxshi savyaida olib borilmoqda. Aslida Ashxaboddagi musobaqa ham aynan Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlik edi.


- Guruhdagi raqiblar haqida fikrlaringiz?
- Raqiblar haqida nima deyishim mumkin? Nepal terma jamoasi biz uchun sirli raqib, to'g'risi bu jamoa haqida malumotga ega emasman. Qirg'iziston terma jamoasi kuchli, ularning ham tarkibi bizniki kabi yoshartirilgan. Turkmaniston o'z uyida o'tgan Osiyo o'yinlarida chorak finalga qadar etib bordi. Ular ham bizga etarlicha qarshilik ko'rsatishlari turgan gap.

- Terma jamoamiz hamon Pulpis, yani Xose Mariya Mendez taktikasida o'ynayotgan ekan. Bu to'g'ri malumotmi?

- Bu to'g'ri malumot. Terma jamoamiz hozir ham 100 foiz Xose Mariya Mendezning taktikasi bo'yicha o'ynamoqda. Uning tajribasi bizga hamon qo'l kelmoqda.

- Bahodir Ahmedovni juda kuchli futzalchi ekani barchamizga ayon. Ayni paytda u terma jamoa bosh murabbiyi bo'lib ishlamoqda. Ahmedov qanday murabbiy?

- Bahodir akani O'zbekistonda eng kuchli murabbiylardan biri deb hisoblayman. Endi terma jamoamiz bilan birga Osiyoda ham yaxshi natijalarga erishishlariga ishonaman.

- SHu o'rinda Ashxobodda o'tgan yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlaridan olgan taassurotlaringiz haqida so'ramasak bo'lmaydi.

- Osiyo o'yinlari alo darajada o'tdi. Tarkibimiz ancha yoshartirilganiga qaramay yaxshi natija ko'rsatdik deb o'ylayman. Har holda finalga chiqish har kimga ham nasib etavermaydi. U qanday musobaqa bo'lishidan qatiy nazar.


- Anchadan buyon O'zbekiston terma jamoasi azosi sifatida jamoadagi yoshlardan kimlarni alohida ko'rsatgan bo'lar edingiz?
- Yoshlar orasida o'ziga yarasha kuchli o'ynchilar bor. Masalan, Akbar Usmonov, Ilhom Hamroev... Bu ro'yxatni yana davom ettirish mumkin.

- Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida to'purar bo'lgan o'zbekistonlik hujumchi Akbar Usmonov nima uchun miliy terma jamoaga chaqirilmayapti?

- To'g'risi bu savolga javob bera olmayman. Tarkibni bosh murabbiy tanlayndi. Bu savolni murabbiylarga bersangiz to'g'ri bo'lardi.


- Kelajakda xuddi akangiz Dilshod Rahmatov singari faoliyatingizni xorijda davom ettirishingiz mumkinmi?
- Bo'lishi mumkin. Takliflar bo'lsa agar menga maqul kelsa albatta o'z kuchimni xorij chempionatida sinab ko'rishni istardim. Ammo ayni paytda bor fikru-xayolim O'zbekiston terma jamoasi bilan birga Osiyo chempionatiga chiqish. Xudo xohlasa, yuzimiz yorug' bo'lib yurtimizga qaytamiz.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика