So’nggi yangiliklar

13:05Сергей Чигодаев - Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 кубогидаги илк ўйини ҳақида  0 12:35"Челси" икки дарвозабонни кўриб чиқмоқда  0 12:04Тен Хаг топ клубга бош мураббий бўлмоқда  3 11:23"Реал" ПСЖ юлдузини харид қилмоқчи  5 11:00Каору Митоманинг янги жамоаси деярли аниқ  2 10:34Кевин Де Брюйне “Наполи“да қанча маош олиши маълум  2 10:08“Майдонда максимал даражада кучимизни сарфлаймиз, бизда ишонч бор” - Дониёр Абдуманнопов “Сурхон”га қарши ўйин, чиройли гол ва Суперкубок ҳақида  2 09:40Васкес фаолиятини Осиёда давом эттириши мумкин  5 09:11Ҳусановнинг собиқ мураббийи Англия жамоасини бошқаради  3 08:43Мбаппе “Олтин бутса“ учун курашда биринчи ўринга чиқиб олди  27 08:17Sofascore. Захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этган Файзуллаев неча баҳо олди?  3 08:00Суперлига. "Нефтчи" "Шўртан"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. "Сўғдиёна" эса ўз майдонида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  2 07:54Суперлига. Бугун 3-та учрашув бор  7 07:27АПЛга йўл олган учинчи жамоа номи маълум  7 03:31Франция кубоги. ПСЖ "Реймс"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  7

Davron CHoriev: “O'rtoqlik uchrashuvlari biz uchun mashg'ulot” Yangiliklar

Davron CHoriev: “O'rtoqlik uchrashuvlari biz uchun mashg'ulot”

Kecha futzal bo'yicha O'zbekiston va Ozarboyjon terma jamoalari o'zaro ikkinchi nazorat uchrashuvini o'tkazishdi.

Ushbu o'yinda mehmonlar 6:2 hisobida vakillarimizdan ustun kelishdi. Qiyin o'tgan bahsdan so'ng termamiz futzalchisi Davron CHoriev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Hozir jahon chempionatiga katta tayyorgarlik boshlaganmiz. Ozarboyjon termasiga qarshi birinchi nazorat o'yinimizda durang natija qayd etgandik. Murabbiyimiz bergan taktikalar ustida mashg'ulotlar olib boryapmiz. Menimcha to'g'ri yo'ldan ketyapmiz deb o'ylaymman. Bunday nazorat uchrashuvlarida asosiysi natija muhim emas biz mashg'ulot o'tkazyapmiz. Kolumbiyadagi mundialda o'yinimiz boshqacha bo'ladi, bunday hisoblar qayd etilmaydi. Kechagi javob o'yinining birinchi bo'limida ko'p gol o'tkazib yubordik deb. Birinchi bo'limni inobatga olmaganda ikkinchi bo'limda biz g'alaba qozondik deb o'ylayman. Biz bor kuchimizni ko'rsatmadik. Bundan ham ortiq kuchliroq o'ynashga qodirmiz. Agarda biz o'zimiz istaganimizda hisob ham boshqacha ko'rinish olgan bo'lardi. O'rtoqlik uchrashuvlari biz uchun mashg'ulot. Murabbiyimiz yig'indagi barcha futzalchilari sinab ko'ryapti. Mundialda 14 ta futzalchi bo'ladi va o'yinimiz ham o'zgacha bo'ladi”, - deydi O'zbekiston terma jamoasi azosi Davron CHoriev.

Tolibjon Qosimov


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика