So’nggi yangiliklar

09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  1 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  1 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  3 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  9 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2

Davralar oralig'ida "Dinamo"ga kimlar keldi-yu, kimlar ketdi? Yangiliklar

Davralar oralig'ida "Dinamo"ga kimlar keldi-yu, kimlar ketdi?

Teglar :  Dinamo
Oliy Liga davralar oralig'idagi bir oylik tanaffusda Dinamo jamoasi tarkibida bir qator o'zgarishlar yuz berdi.

Jumladan, Dinamo safida ijara asosida to'p surgan Javohir Qahramonov (Bunyodkor), Abdujamol Isroilov, Damir Nizanov (Neftchi) singari futbolchilar klubni tark etishdi. SHuningdek, yarim himoyachi Omadjon Tayloqov ham jamoani tark etdi. Dinamo klubi ushbu futbolchilarga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib, keyingi faoliyatlariga omad va zafarlar tilab qoladi.

Jamoani tark etgan futbolchilar o'rniga yangi futbolchilar bilan ham shartnomalar imzolandi. Xususan, Paxtakor klubidan chernogoriyalik himoyachi Adnan Oraxovac Dinamoga o'tdi. Qolaversa, ijara shartnomasi asosida Olmaliqdan Muhammad Isaev, Metallurgdan esa Doniyor Ismoilov singari yarim himoyachilar taklif etildi.

Toshkentdagi yig'in davomida jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etgan Andrey Sidorov, Artyom Makarchenko singari futbolchilar murabbiylar ko'rigidan keyin jamoani tark etishdi.

Eslatib o'tamiz, Dinamo O'zbekiston Kubogi yarim finali doirasida safarda 31 iyul kuni o'yin o'tkazsa, 5 avgust kuni Oliy Liga 16-turi doirasida Samarqandda Metallurg jamoasiga qarshi saf tortadi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика