David Luiz: "Ikkala klub ham finalga qadar yaxshi o'yin ko'rsatdi"
29 may 2019 20:00
Yangiliklar


David Luiz: "Ikkala klub ham finalga qadar yaxshi o'yin ko'rsatdi"
"CHelsi" himoyachisi David Luiz "Arsenal"ga qarshi Evropa ligasi final o'yini oldidan fikrlari bilan bo'lishdi.
"Ikkala klub ham finalga qadar yaxshi o'yin ko'rsatdi. 2013 yildagi chempionlikni takrorlamoqchimiz.
Sarri ehtiroslarga to'la futbol odami. Har kuni qattiq mehnat qilishni uqtiradi. Futbol sizga har kuni yangi insonlar bilan tanishish imkoniyatini beradi. O'ylashimcha, hamma o'z g'oyalariga ishonadi. Bugun o'z g'oyalarimizga ishongan holda mavsumni yaxshi kayfiyatda tugatish uchun katta imkoniyat bo'ladi", - deydi Luiz.
Hozirda "CHelsi" klubi tajovuzkor formada. 2013 yilgi EL g'olibligidan beri jamoa engilmas klubga aylandi va Evropa ligasi tarixiga kirdi (17 o'yin, 14 g'alaba, 3 durang).
SHuningdek, "CHelsi" futbolchilari joriy mavsum Evropa ligasida eng ko'p gol urishdi (32 gol).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar