David Luiz: “Byornli” antifutbol o'ynadi”

23 apr 2019, 07:57
“Chelsi”ning braziliyalik futbolchisi APLning 35-turida “Byornli”ga qarshi bahsdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“O'yinni yutish uchun qo'ldan kelgan hamma ishni qilishga harakat qildik. 2 ta vaziyatdan, 2 ta gol urib, futbol o'ynashni xohlamagan raqibga qarshi harakat qilish juda og'ir. Bu - antifutbol. To'p bizda bo'lgan vaqti ular o'yinni cho'zishdi. Ularning futbolchilari maydonga yiqilib, o'yinni to'xtatdi. Bunday jamoaga qarshi gol urish juda mushkul”,-deydi Luiz.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC Sport