David Luis kiyim almashtirish xonasidagi bosh hazilkash kimligini aytdi
29 iyu 2019 17:18
Yangiliklar
David Luis kiyim almashtirish xonasidagi bosh hazilkash kimligini aytdi
"CHelsi" himoyachisi David Luis kiyim almashtirish xonasida kimning ovozi baland chiqishi va hammadan ko'p hazil qiladigan jamoadoshlarini aytib o'tdi.
- Eng katta hazilkash bu - Antonio Ryudiger, u ajoyib, kulguli, baxtli va hazillashishni yoqtiradigan insonlardan biri. Eng baland ovozli esa Gonsalo Iguaindir, - deydi Luiz. - Jamoadagi eng jim o'tiradigani bu N'Golo Kante, ijtimoiy tarmoqlarda eng faol bu shubhasiz Villian.
Luiz yakunlangan mavsum "CHelsi" safida 50ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assistga erishdi.
32 yoshli futbolchi "CHelsi"ga Franciya PSJ klubidan o'tgan edi.
Fikrlar