David Luis: "Angliya Kubogini yutishga harakat qilamiz"
19 iyu 2020 11:59
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/582085_original.jpg)
![](/upload/storage/582085_220.jpg)
David Luis: "Angliya Kubogini yutishga harakat qilamiz"
"Arsenal" himoyachisi David Luis Angliya Kubogi yarim finalida "Manchester Siti" mag'lub etilgani haqida gapirdi.
"Dunyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o'yindagi ajoyib natija. SHunchaki qanday o'ynash kerakligini tushundik va vaziyatlardan unumli foydalandik.
Hozir qanday darajada ekanligimizni tushunishimiz kerak. Ajoyib murabbiyimiz bor, lekin birdaniga 100ta zina yuqoriga sakrab bo'lmaydi. Sekin sekin qo'shib boramiz. Yuqori rux ko'rsata oldik, jamoaning o'yinidan xursandman, bugun g'alabaga loyiq edik.
Butun jamoa bo'lib himoyalandik. G'alaba uchun barcha birdek kurashishi kerak - bu jarayonning bir qismi. Bugun o'zimizdan bir bosh ustun raqiblarni mag'lub eta olishimizni ko'rsatdik.
Finalda ham g'alaba qozonishni istaymiz. "Arsenal" sovrinlarga loyiq o'yin ko'rsatyapti", - dedi braziliyalik.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar