David Alaba "Bavariya"da yiliga 20 mln evro maosh olmoqchi

Alisher
21 iyul 2020, 18:23
Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachi David Alaba bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.

Tomonlar yangi shartnomaning moliyaviy tomonlari bo'yicha kelishuvga erisha olishmayapti. Avstriyalik futbolchi 20 million evro miqdorida maosh olmoqchi.

Oldinroq, Davidning La Ligada, jumladan "Barselona" yoki "Real"da to'p tepishni xohlayotgani aytilgan edi.

Futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Himoyachining narxi 65 million evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport1.de