So’nggi yangiliklar

16:30U-20 Осиё кубоги. Корея Республикаси – Ўзбекистон (матнли трансляция)  31 16:04U-20 Осиё кубоги. Япония пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, ярим финалга ва ЖЧга йўлланма олди!  11 15:53"Комо" — "Наполи". Таркиблар маълум  0 15:37Зайниддин Тожиевнинг ўғли Беларусь клубида кўрикдан ўтмоқда  6 15:22"Фейеноорд" ван Персини жамоанинг янги бош мураббийи деб эълон қилди  2 14:48"Pink Ladies Cup 2025". Ўзбекистон 2-турда Иордания устидан ғалаба қозонди, вакилларимиз илк турда Корея Республикасига мағлуб бўлганди  0 14:28"Манчестер Юнайтед" ёзда Осимхен учун 75 млн евро тўлашга тайёр  3 14:02Гвардиола: "Ҳаётлигимда ҳеч ким АПЛни кетма-кет тўрт марта ютмайди"  24 13:38Интервью. Анвар Бердиев: "Ҳеч қайси рақиб "Шўртан"га оддий жамоа сифатида қарамаслиги керак"  1 13:21Интервью. Сардор Абдураимов: "Нефтчи"да захирада ўтиргандан, "Машъал"да асосий таркибда ўрнимга эга бўлиш яхшироқ"  0 12:57Рамос "Монтеррей" сафида дебют қилди. 38 ёшли ҳимоячи майдонда 80 дақиқа ўйнади  0 12:32Ван Дейк "Реал"га йўл олиши мумкин  3 12:01"Барселона" "Манчестер Сити" вингерини харид қилиши мумкин  1 11:37"Реал" 39 ёшли Модрич билан шартномани 2026 йилга қадар узайтиришга тайёр  5 11:10"Челси"нинг янги мақсади маълум  3

Dastro'molingizni tayyorlang: kubokni etakchilardan biri tark etadi Yangiliklar

Dastro'molingizni tayyorlang: kubokni etakchilardan biri tark etadi

Hali qaynog'i sovub ulgurmagan derbi davom etadi.

Yaxshi ko'radigan filmingizga nimadir etishmayotgan ko'rinib, uning ikkinchisi kutganingizdek, yaqinda Superliga doirasida ikkala taraf uchun ham ko'zyoshlarsiz yakunlangan derbining yangi premerasi guvohiga aylanamiz. 

Oxirgi o'yinlar

Ikkala jamoa Superliga doirasidagi bahsda qimmatli ochkolarni yo'qotgan bo'lishiga qaramasdan, o'z o'rinlarini bo'shatib berishmadi, yani qolgan etakchi jamoalar ham ularga "rahm qilishdi". Namanganliklar so'nggi 5 o'yinda 3 g'alaba va 2 durang qayd etgan bo'lsa, poytaxtliklar 2 g'alaba va 3 durang bilan cheklanishgan.


Qiziqarli faktlar

"Navbahor" oxirgi 7 o'yindan beri raqib darvozasini ishg'ol qilmoqda;

"Navbahor" oxirgi 6 o'yinning 4 tasida raqib darvozasiga bitta to'p kiritgan;

"Paxtakor" so'nggi 12 o'yindan buyon gol urmoqda;

"Paxtakor" so'nggi 10 uchrashuvning 8 tasida bittadan ko'p gol urgan.

O'zimizning karikatura. "Navbahor" — "Paxtakor" o'yinida tarozi pallalari teng keldi


O'zaro o'yinlar


28 avgust kuni Coca Cola Superligasining 17-turi doirasida ikkala jamoa bellashdi va unda kuchlar teng keldi. So'nggi paytlarda mazkur to'qnashuvda kimning qo'li baland kelishini Vanga momo ham aytib berolmasligi turgan gap. O'yin bobida ham, natija bobida ham hech qaysi jamoa bir-biriga bo'yin egishni istamayapti. Jamoalar o'rtasidagi oxirgi bahsda ham markazda o'yinni tomosha qilish uchun tashrif buyurgan tomoshabin to'pning goh u taraf, goh bu tarafga o'tishini kuzatgancha bo'yinlari malham surishga muhtoj bo'lib qolgan bo'lsa, ajabmas. Statistika ham gapimizni biroz bo'lsa-da tasdiqlaydi.

Navbahor — Paxtakor 1:1

To'p nazorati: 50-50

Zarbalar: 10-8

Aniq zarbalar: 4-5

Noaniq zarbalar: 6-3

Uchrashuvdan keyin hakamning bazi qarorlari muhokamalarga sabab bo'ldi. "Real" bilan "Barselona"dan o'zgasini bilmaydigan, O'zbekiston jahon chempionatiga yo'l olsa, hamma narsa obod bo'lib ketadi deya o'ylaydigan Nortoydan tortib magazinchi G'aybulla amakigacha o'z etirozlarini bayon qilishdi. Gandbol to'pichalik keladigan bosh qismimiz bazi vaziyatlarda xulosa chiqarishga ikkilandi, saytimizning rossiyalik eksperti ham bahsli vaziyatlarga o'z fikrini bildirdi.

Juda ko'p xato! Rossiyalik ekspert tomonidan Superliganing 17-turidagi hakamlik faoliyati tahlili

"Navbahor" - "Paxtakor" 10 yildan so'ng kubokda uchrashmoqda


CHorak finalgacha yo'l

Qiziq tomoni, ikkala jamoa ham ushbu turnir davomida o'z darvozalari daxlsizligini saqlab qola olgan. Farqli jihati, "sherlar" atigi bitta o'yin (SHo'rtan, 5:0) o'tkazishgan bo'lsa, "lochinlar" 4 ta bahsda maydonga tushib ulgurdi va "Qizilqum" (2:0), "Dinamo" (1:0), "Neftchi" (1:0), "Olimpik" (1:0) jamoalarini mag'lub etishning uddasidan chiqdi.


Hakam


O'zbekiston kubogi chorak finali markaziy uchrashuvini boshqarish Rahimbek Karimov zimmasiga yuklatilgan. Mezbonlar shu kunga qadar bu referi boshqargan uchrashuvlarda mag'lubiyatga uchramagan. Hakam hozirga qadar "lochinlar" ishtirokidagi 7ta bahsni boshqargan. Malumot sifatida aytish kerakki, Rahimbek Karimov namanganliklarning O'zbekiston kubogi 1/8 finali doirasida "Olimpik"ga qarshi kechgani o'yinida zaxira hakami sifatida ishlagandi. 

2022 yil.

10-tur. "Olimpik" - "Navbahor" 1:1

8-tur. "Dinamo" - "Navbahor" 0:1

3-tur. "Navbahor" - "Qo'qon-1912" 2:0

2021 yil.

23-tur. "Mashal" - "Navbahor" 0:0

8-tur. "Navbahor" - "Surxon" 2:0

3-tur. "Navbahor" - "Nasaf" 0:0

2020 yil. 

23-tur. "Navbahor" - "Surxon" 1:0


Murabbiylar qanday fikrda?


Superligadagi to'qnashuvdan keyin har ikkala bosh murabbiy kubok bahsi haqida ham qisqacha to'xtalib o'tgandi. Samvel Babayan jamoasining kubok bahsiga maksimal tayyorgarlik ko'rishini takidlagan bo'lsa, SHackix "Navbahor" doim bir xil o'ynashini hamda raqibga qarshi syurpriz tayyorlashini aytib o'tgandi.


CHiptalar narxi qancha?


“Navbahor” – “Paxtakor” bahsiga chiqarilgan chiptalarni Namangan shahar, “CHorsu”dagi yakka qabr oldi, “Sardoba”dagi  “Megapolis” savdo majmuasi, Davlatobod tumanidagi “Markaziy” o'yingoh, “Kamolot” bog'i kassalaridan xarid qilishingiz mumkin. 

CHiptalar narxi barcha sektorlar uchun bir xil - 30 000 so'm etib belgilangan.


Yakun qanday bo'ladi?

Bir necha kun ilgari tomosha qilgan o'yindan farqli o'laroq, bu uchrashuvda durang natija qayd etish mumkin emas, aniqrog'i, uchrashuv g'olib aniqlanguncha davom etadi. Afsuski, qaysidir etakchi jamoa va uning jonajon muxlislari chorak finaldayoq ko'zyoshlarini artishi uchun dastro'mol ishlatishga majbur bo'ladi. Ehtimol, g'alaba qozongan jamoa ham quvonch ko'zyoshlarini dastro'moliga esdalik sifatida qoldirishi mumkin. Namanganlik muxlislar esa bahsning yanada qizg'inroq o'tishini taminlab berishi shubhasiz. Natija qanday bo'lishidan qati nazar yana muhokamalar, o'zbek lug'at boyligidagi aytishga odam xijolat bo'ladigan so'zlar boshlanish ketishi, shubhasiz. Nachora, bu ham futbolning bir qismi. Sizning xolisona fikringizcha, bo'lajak to'qnashuvda qanday hisob qayd etiladi?

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика