So’nggi yangiliklar

23:40"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га қарши ўйинда жароҳатланди  0 23:19Рио Фердинанд Европанинг айни дамдаги энг кучли жамоасини айтди  1 22:50"Барселона"нинг икки футболчиси сафга қайтди  2 22:24Конференциялар лигаси. "Астана" сўнгги дақиқада ғалабани қўлдан чиқарди  0 21:56Европа лигаси. "Атлетик", "Лион", "Лацио" бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  0 21:48Конференциялар лигаси. "Хайденхайм" - "Челси" ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  2 21:17Анвар Бердиев: "Плей-оффда ким рақиб бўлишидан қатъий назар ўйнашимиз керак"  0 20:59Педри "Барселона" билан шартномасини узайтиради  0 20:31ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  1 20:00Камавинга ҳам жароҳат олди  4 19:33Рис Жеймс бу йил бошқа майдонга тушмаслиги мумкин  0 19:10ФИФА рейтинги янгиланди. Ўзбекистон ўз ўрнини сақлаб қолди  11 18:42Суперлига. "Бунёдкор" - "Пахтакор" ва 26-турнинг қолган учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар маълум  3 18:08Мареска: "Челси" Нкункуни январда сотмаслиги аниқ"  0 17:45Ўзимизнинг карикатура: Уйқу оғушидаги "аждар"  15

Dastlabki "El Klasiko"da qaysi jamoaning qo'li baland kelgan? Yangiliklar

Dastlabki "El Klasiko"da qaysi jamoaning qo'li baland kelgan?

Bugun "Barselona" va "Real Madrid" o'rtasidagi to'qnashuv guvohiga aylanamiz. SHu munosabat bilan ushbu derbi tarixiga nazar tashlaymiz.

122 yil muqaddam "Barselona" va "Real Madrid" o'rtasidagi ilk duel bo'lib o'tgan. O'sha bahs seshanba kuniga to'g'ri kelgan. 

1899 yil tashkil topgan "Barselona" Ispaniyada mavjud 18-klub edi. 1902 yil tuzilgan Madrid jamoasi esa 21-qadimiy klub sanaladi. U paytda "Real" klubi "Madrid" nomi ostida maydonga tushardi. "Madrid" klubi 1920 yilning 29 iyunida qayta tuziladi va unga "Real Madrid", qirollik klubi nomi beriladi.

Madrid va Kataloniya jamoalari ilk marta norasmiy futbol uchrashuvida to'qnash kelgan. 1902 yil Madrid futbol associaciyasi tomonidan Koronaciya kubogi tashkil etildi. 

Tez orada musobaqa qoidalari ommaga elon qilindi, g'olib jamoa kumush kubok bilan taqdirlanardi.

Musobaqa qoidalari quyidagilardan iborat edi:

1. Ispaniya futbol associaciyasining barcha jamoalari ushbu tanlovda ishtirok etishlari mumkin, ular 1 mayga qadar ro'yxatdan o'tishlari mumkin, buning uchun ular "Madrid FK" jamiyati prezidenti Calle de Alcala bilan bog'lanishlari mumkin.

2. Jamoa ro'yxatdan o'tganda, cheklanmagan miqdordagi zaxira o'yinchilaridan iborat tarkibni taqdim etadi.

3. Sovrin uni qo'lga kiritgan jamoaning qonuniy mulki bo'lib qoladi.

4. O'yinlar qura natijalariga ko'ra ketma-ket tarzda o'tkaziladi va hal qiluvchi bahsda g'olib chiqqan jamoa chempion bo'ladi.

5. Agar hisoblar teng bo'lsa, hakam o'yinni 15 daqiqaga uzaytirishi mumkin.

6. O'yinlar har qanday ob-havoda o'tkaziladi.

7. Hakamlar jamoa sardorlari o'rtasida umumiy kelishuv asosida tayinlanadi. Agar ular umumiy kelishuvga erisha olmasalar, buni hakamlar hayati amalga oshiradi. Hakam o'zi va ikki sardor tomonidan imzolangan bayonnomada Hakamlar hayatiga hisobot berishga majbur bo'ladi va 48 soatdan keyin hech qanday davo qabul qilinmaydi.

8. Har qanday turdagi shikoyat va davolar hakamlar hayatiga yozma ravishda topshirilishi lozim, tashkilot muammoni hal qilish huquqini o'zida saqlab qoladi.

2 may holatiga ko'ra beshta jamoa turnirda ishtirok etish xohishini bildirdi, bular:

Madriddan: "Madrid FK" va "Nyu FK"

Kataloniyadan: "Barselona" va "Espanol"

Bilbaodan: "Biskayya"

Madrid jamoalari musobaqaga juda yomon tayyorgarlik ko'rishdi. Ular boshqa raqiblar bilan uchrashuvlar uyushtirmasdan, o'z hamshaharlari bilan cheklanib qolishgandi.

"Los Deportes de Barcelona" haftalik gazetasining 1902 yil 18 mayidagi 19-sonida musobaqaning umumiy muhitini shunday izohlaydi:

"Seshanba kuni ertalab "Ippodrome de la Kastelyano" arenasi ajoyib ko'rinish hosil qilgandi. Maydon atrofini tomoshabinlar uch qatorli o'rndiqlar bilan to'ldirdi, ular orasida ayollarning soni ham ko'p edi. Futbol o'yinini tomosha qilish uchun kelgan olomon ot sport musobaqasiga tashrif buyuradiganlardan ancha ko'p edi. Ko'pchilik bu o'yin to'g'risida hali tasavvurga ega bo'lmagani uchun qiziqishga ega edi. O'yinlar tomoshabinlarga manzur bo'ldi, gollar ular tomonidan olqishlandi. G'oliblar xursand bo'lishdi".

Yarim final 

"Biskayya" — "Espanol" 5:1

Madrid. "Ippodrome de la Kastelyano". 2500 tomoshabin. 13.05.1902.

Hakam: Semyuel Morris. 

Gollar: 0-1 Anxel Pons, 1-1 Evans, 1-2 Evans, 1-3 Dayer.

"Biskayya": Luis Arana; Pedro de Larranyaga, Xose Arana; Enrike Goyri, Rikardo Ugalde, Luis Silva; Alexandro De La Sota, Xuan De Astorkia, L. Dayer, Kazo, Uolter Evans.

"Espanol": Xulian Mora; Xose Mariya Soler, Xoakin Karil; Gilermo Galyardo, Ignasio Arasil, Arturo Galyardo; Raymundo Ruis, Anxel Pons, Enrike Montells, J.Penya, Santyago Mendes.

Birinchi o'yin soat 9:00 da boshlangan bo'lsa, "El Klassiko" 11:00 da start oldi. 

"Barselona" - "Madrid" 3:1

Madrid. "Ippodrome de la Kastelyano". 2500 tomoshabin. 13.05.1902.

Bosh hakam: Luis Arana

Gollar: SHtaynberg – 1:0; SHtaynberg – 2:0; Jonson – 2:1; Morris – 3:1 (pen).

"Barselona": Luis Puelyas, Xose Lobet, Artur Vitti, Boartolome Terradas, Jorj Mayer, Migel Valdes, Jon Parsons, Hans Gamper, Henri Morris, Udo SHtaynberg, Alfonso Albenis.

"Madrid": Xuan Sevilya, Rafael Molera, Mario Xiralt, Xose Gongora, Alvaro Spottorno, Xose Palasios, Artur Jonson, Xose Xiralt, Antonio Sanches Neyra, Armaldo Xiralt, Eustakiyo Selada.

Uchrashuvdagi barcha gollar legioner futbolchilar hisobiga yoziladi. "Barselona"dan nemis futbolchisi SHtaynberg dublga erishadi. Uchinchi gol muallifi, Moris esa angliyalik edi. Hisobni qisqartirgan gol muallifi ham angliyalik bo'lgan. Kataloniyaliklarning darvozaboni Luis Puelyas uchrashuv chog'ida Xose Xiralt bilan to'qnashib ketadi. SHifokorlarning yordami bilangina posbon safga qaytadi. Agar u uchrashuvni davom ettira olmaganida, o'sha payt qoidasiga ko'ra futbolchining o'rniga boshqa futbolchi tushishi mumkin emasdi.

"O'yin juda ham tez bo'ldi. Bunga "Barselona" tomonidan kiritilgan uchta gol ham isbot bo'la oladi. Lekin "Madrid" ham bo'sh kelmadi. Jamoa yaxshi ancha tajribali jamoaga qarshi yaxshi himoyalana oldi", - deya qayd etgan o'yinni "Diario El Imparcial".

Finalga yo'l olgan "Barselona" kubokni qo'lga kirita olmagan. "Barselona"dan bir yosh katta, 1898 yilda tashkil topgan "Biskayya" jamoasi 2:1 hisobida g'alaba qozonadi. "Biskayya" bir kun avval Madridning boshqa jamoasi "Nyu"ni 8:1 hisobida tor-mor keltiradi. Bir yil o'tib "Biskayya" jamoasi "Atletik Bilbao" nomi ostida faoliyatini davom ettiradi. 

Final

"Biskayya" — "Barselona" 2:1

Madrid. "Ippodrome de la Kastelyano". 15.05.1902.

Hakam: Karlos Padros

Gollar: 1:0 (10’) Astorkiya, 2:0 (20) Kazo, 2-1 (75’) Parsons.

"Biskayya": Luis Arana; Enrike Kareaga, Pedro de Larranyaga; Luis Silva, Amador Arana, Enrike Goyri; Kazo (Franciya), Xuan De Astorkia, L. Dayer (Angliya), Ramon Silva, Uolter Evans (Angliya).

"Barselona": Semyuel Morris(Angliya); L. Pamis, Jorj Meyer (SHveycariya); Jeyms Morris (Angliya), Artur Uitti (Angliya), Migel Valdes; Jon Parsons (Angliya), Hans Gamper (SHveycariya), Udo Steynberg (Germaniya), Henri Morris (Angliya), Alfonso Albenis.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика