So’nggi yangiliklar

19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  1 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  2 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  15 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   10 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  3 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0

"Darvozaning yaqin burchagi ochiqligini ko'rdim va zarba berdim". AGMKning tarixiy gol muallifiga aylangan Akrom Komilov gol urishini sezganmidi? Yangiliklar

"Darvozaning yaqin burchagi ochiqligini ko'rdim va zarba berdim". AGMKning tarixiy gol muallifiga aylangan Akrom Komilov gol urishini sezganmidi?

Olmaliqning AGMK jamoasi OCHL guruh bosqichida uchinchi tur uchrashuvini o'tkazdi.

BAAning  "SHabab Al Ahli " klubiga qarshi kechgan uchrashuvda Mirjalol Qosimov shogirdlari iroda ko'rsatgan holda 0:1 hisobida ortda borayotib, yakunda 2:1 hisobida g'alabani tantana qildi. Jamoaning g'alaba goliga qo'shimcha daqiqalarda Akrom Komilov mualliflik qildi. Biz esa uchrashuvdan so'ng bevosita futbolchining fikrlari bilan qiziqdik. 

"O'yin haqida nima ham derdim? Qiyin bahsni o'tkazdik. Raqib ham g'alaba uchun bor kuchini ishga soldi. Zero, ularni durang qoniqtirmasdi. SHunga yarasha munosib tayyorgarlik ko'rdik. Murabbiylarimiz o'tgan o'yindagi xatolarimizni ko'rsatishdi. Nima etishmayotganini tushuntirishdi. 

Darvozamizdan birinchi bo'lib to'p o'tkazib yuborganimizga qaramasdan, o'zimizda kuch topa oldik. Ikki golda ham barcha birdek harakat qildi. 

Zarba yo'llashimdan oldin qaradim va darvozabonning yaqin burchagi ochiqligini ko'rdim. To'p yo'nalishini o'sha joyga to'g'irlab zarba berdim. Ichimda gol bo'lishini sezib tepganim yo'q. SHunchaki o'sha vaziyatda tezkor qaror qabul qilishim kerak edi. Xudoga shukr, to'p darvozadan o'rin oldi. G'alaba bilan barchani tabriklayman", - deydi Komilov.

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика