Darvozabon Seni 131 marotaba raqib darvozasiga gol urdi
27 avg 2015 10:10
Yangiliklar


Darvozabon Seni 131 marotaba raqib darvozasiga gol urdi
"San-Paulu" darvozaboni Rojerio Seni "Seara"ga qarshi Braziliya Kubogining 1/8 final javob uchrashuvida (3:0) o'z faoliyatidagi 131-golni urdi.
Tajribali posbon uchrashuvning 45 daqiqasida penaltini aniq amalga oshirdi, Tiago Mendes va Aleshandre Pato esa ikkinchi bo'limda o'z jamoasining yirik g'alabasini taminladi.
Seni futbol tarixidagi eng ko'p gol urgan darvozabon hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar