Darvozabon Nyubel "Bavariya"ga qaytishni istamayapti
30 sen 2022 12:32
Yangiliklar
"Monako"da ijara asosida o'ynayotgan "Bavariya" darvozaboni Aleksandr Nyubel Myunxen klubiga qaytishni istamasligini aytdi.
"Agar Noyer jamoada qolsa, "Bavariya"ga qaytishdan mano yo'q. Mening "Bavariya" bilan amaldagi shartnomam bor, biroq klub meni va Manuelni bir vaqtning o'zida tarkibda qoldirishi mantiqqa to'g'ri kelmaydi", – dedi Nyubel.
25 yoshli Nyubel joriy mavsum "Monako" safida 12 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol o'tkazib yuborgan. Uning "Bavariya" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar