So’nggi yangiliklar

01:00Жавоҳир Илёсов: "Бугун 18 ёшга тўлдим. Ҳар доим оиламдагилар биринчи табриклашади"  0 00:40Миржалол Қосимов: "Руминия ва Молдова клубларига қарши ўйнашни истамайман. Жамоани 13 нафар футболчи тарк этди"  0 00:21"Ғазалкент" "Динамо-2"ни мағлубиятга учратган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:15А Серия. "Наполи" ўн киши бўлиб 90+5 дақиқада гол урган ҳолда "Женоа"ни мағлуб этди  1 23:38Конате “Реал”га ўтадими?  1 22:39Ўртоқлик ўйинлари. “Хоразм”, “Нефтчи”, “Сурхон”, “Бухоро” ва “Қизилқум” Анталияда хориж клублари билан ўйинлар ўтказишди  1 22:12Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  44 22:07АПЛ. "Арсенал" ва "Челси" рақибларига 3 тадан гол урди, "Астон Вилла" эса яна очко йўқотди  5 21:27Ўртоқлик ўйини. “Пахтакор” “Қайрат” билан дуранг ўйнади  5 21:03Ўртоқлик ўйини. “Локомотив” Чехия жамоаси билан дуранг ўйнади  4 20:30БАА Про лигаси. Ўзбек дербисида Абдуллаев жамоаси Шукуров ўйнаётган "Бани Яс"ни мағлуб этди  0 20:10Футзал бўйича Осиё кубоги финали. Эрон пенальтилар сериясида Индонезияни мағлуб этиб, 14-бор бош совринни қўлга киритди  15 19:26АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  46 18:50Ўртоқлик ўйини. “Ғазалкент” Россия жамоасини мағлуб этди  3 18:34"Челси" форварди "Вильярреал"га ўтиши мумкин  0

Darren Fletcher maydonga qaytdi Yangiliklar

Darren Fletcher maydonga qaytdi

Darren Fletcher asosiy tarkibga qaytish uchun yana bir qadam tashladi, u dushanba kuni kechqurun o'rinbosarlar tarkibida “Fulxem”ga qarshi maydonga tushdi.
29 yoshli shotlandiyalik futbolchi bu mavsumda birinchi bor rasmiy o'yinda qatnashdi. U oxirgi marta 2012 yil dekabr oyining oxirlarida “Nyukasl”ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushgandi.

“Men anchadan beri o'ynamayotgan edim, shuning uchun bugun kechasi vazifamga qaytganim yaxshi bo'ldi”, - deydi Fletcher jamoa telekanaliga bergan intervyusida. “Men bir necha haftadan beri mashq qilayotgandim va menga yaxshi imkoniyatlar yaratib berishdi, keyingi harakatim esa o'yin o'tkazish edi”.

“Biz bir taym o'ynashni, keyin esa o'z holatimni baholash kerakligini rejalashtirgandik. Agar hammasi joyida bo'lsa men 60 daqiqagacha o'ynashim va maydonni tark etishim kerak edi. Hattoki ozgina ko'p ham o'ynadim, biz shifokarlarimizning rejalarini buzishni xohlamagan edik”.

“Bizning shifokorlarimiz o'z vazifalarini juda yaxshi bajarishmoqda, men shaxsan Stiv MakNolliga minnatdorchilik bildirishni xohlayman. U men bilan juda yaxshi ishladi va har bir azoyim xolatidan xabardor bo'lib bordi va jamoaning ham qo'llab quvvatlashi shunchaki fantastika! Meni barcha qo'llab quvvatladi, ser Aleksdan boshlab, Devid Gil ham, yangi murabbiyimiz ham. Bundan boshqasini xohlab bo'lmasdi”.

“Albatta, menga oson bo'lmagan paytda har doim yonimda bo'lgan ajoyib oilam borligidan xursandman. Men allaqachon taslim bo'lib bo'lgan paytimda ular meni qo'llab quvvatlashdi, o'z imkoniyatlarimni saqlab qolishimga va oldinga qarab intilishimga yordam berishdi va o'z sog'ligimni tiklab olgunimcha ko'maklashishdi”.

Darren Fletcherning keyingi maqsadi esa Uorren Joysning o'rinbosarlari jamoasida to'liq o'yin o'tkazish.

“Men shunchaki jamoaga qancha kerak bo'lsa shuncha yordam berishni va bor kuchim bilan ishlashni xohlayman. Murabbiyimizning rejalariga kirishni va yana asosiy tarkibda tushishni istayman, lekin meni qaytishim qarorini Devid Moyes qabul qiladi. Xozir men o'rinbosarlar jamoasida yana bir qancha o'yinlarda ishtirok etishni va 90 daqiqa harakat qilishni xohlayman. Agar men imkoniyatga ega bo'lsam bundan to'liq foydalanish uchun tayyor bo'lishim lozim”.

Javlonbek Yusupov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика