So’nggi yangiliklar

21:55Суперлига. ОКМК "Машъал" майдонида қийинчилик билан ғалаба қозонди  1 21:43Аёллар. Ўзбекистон Осиё кубоги саралаш босқичида Непални мағлуб этмоқда (онлайн ҳисоб)  0 21:00ПСЖ — "Бавария". Таркиблар маълум  29 20:55"Андижон" — "Бунёдкор" 0:1 (Матнли трансляция)  14 20:29"Челси" 48,5 млн фунтлик трансферни эълон қилди  2 19:46Ўзбекистон ва Непал дуранг ўйнаса нима бўлади?  5 18:06Деку ва Флик ҳозирда Рэшфорд трансферини кўриб чиқмаяпти. "Барса" Диасга эътибор қаратмоқда  2 17:30"Сен буни ўқийсан". Жотанинг энг яқин дўсти ҳалок бўлган футболчига мактуб ёзди  4 16:40"Интер" ва "Галатасарой" Чалханоглу трансфери бўйича музокараларни бошлади  0 16:10Ўзини тополмаган ўнлик: Биринчи давранинг омадсиз трансферлари   11 15:51Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди  0 15:16Дюмфрис Англия топ клубига ўтиши мумкин  0 14:41Жота ва гуллар  9 13:46"Арсенал" баскетболчи учун 80 миллион евро тайёрламоқда   3 13:08Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди  10

Darko Gojkovich: “Takliflar bo'lsa O'zbekistonga qaytishga tayyorman” Yangiliklar

Darko Gojkovich: “Takliflar bo'lsa O'zbekistonga qaytishga tayyorman”

“Qo'qon 1912” klubi 2015 yil Oliy ligaga ko'tarilgach, tarkibini bir qator kuchli legionerlar bilan boyitdi.

Igor Golban, Vladimir Argun va hokazo. Klub mazkur ishini 2016 yil ham davom ettirdi. Ikkinchi davrada qo'qonliklar bosh murabbiyi etib tayinlangan No'mon Hasanov jamaoaga Darko Gojkovich va Nikola Valentichni taklif qildi. Bu ikki xorijlik futbolchi tez fursatda jamoaga kirishib ketishdi, muxlislar mehrini qozondi. Valentich mavsum yakunida jamoani tark etgan bo'lsa, Darko Gojkovich uch yilga yaqin to'p tepdi. Yaqinda u bilan bog'lanib saytimiz uchun intervyu oldik.

- Keling suhbatimiz avvalida O'zbekistonga kelishingiz tarixi haqida malumot bersangiz. Bunga kim sababchi bo'lgan? Yoki agentlar orqali bu ish amalga oshganmi?

- Aniq esimda, uyda o'tirganimda murabbiy qo'ng'iroq qilib kamida mavsum ohirigacha jamoaga yordam berishimni so'radi. 2016 yil ikkinchi davrasida Qo'qonga keldim. Biz birlashib jamoani kuchlilar safida olib qolishga erishdik. Mavsum yakunlangach Serbiyaga qaytdim. Tatil kunlarimning birida No'mon Hasanov men bilan bog'lanib, himoyadagi muammolar borligini va bu poziciyada meni ko'rayotganligini aytdi. SHundan so'ng shartnomani uzaytirdik.



- Yakunlangan yilda o'zbek futbolida ham, Qo'qonda ham etarlicha o'zgarishlar yuz berdi. Yangiliklarni kuzatib bordingizmi?

- Albatta. Sobiq jamoamning har bir uchrashuvini qoldirmasdan ko'rib bordim. O'zbekiston terma jamoasida ham, Qo'qonda ham avlodlar almashinuvi jarayoni kechmoqda. O'tgan masumni “Qo'qon 1912” boshqa murabbiy qo'l ostida o'tkazdi. Tarkibda ham yangi futbolchilar ko'zga tashlandi.

- Odatda ko'pchilik hujumchidan gol kutishadi. Lekin, siz orqa chiziqda harakat qilsangizda qator gollar urardingiz. Bu holat nima bilan bog'liq?

- Ha, ko'p gollar urganman. Murabbiy meni ko'proq tayanch nuqtasiga qo'yardi. O'zimda ham ishtiyoq kuchli edi. SHuningdek, bunda jamoadoshlarimning ham hissasi katta. Ularning yordamisiz hech narsa qilolmasdim.




- “Neftchi"ga qarshi kechgan uchrashuvda dubl muallifiga aylangansiz. “Lokomotiv” bilan bahsdagi golingiz qimmatli bir ochkoni taqdim qilgandi...

- Esimda hammasi. Faoliyatimdagi eng yodda qolgan uchrashuvlar sirasiga kiradi. Bizga ochko juda ham zarur edi. Gol urib jamoamga foyda keltirganimdan xursandman.

- Yurtimizga kelgan aksariyat legionerlar turli sabablarga ko'ra barvaqt jamoalarni tark etishadi. Deylik, moliyaviy tomonlama yoki moslashishda muammolar kuzatiladi. Bunga munosabatingiz qanday? Siz uch yilga yaqin to'p tepdingiz...

- SHuni aytishim mumkinki, legionerga o'zini ko'rsatishi uchun O'zbekiston eng qulay chempionat sanaladi. Hamma futbolchi har xil tabiatga ega. SHaxsan men Qo'qonda o'zimni juda yaxshi his qilganman. SHartnomam yakunlangani bois Serbiyaga qaytishga majbur bo'ldim. Ko'ramiz yana O'zbekiston chempionatida o'ynashim mumkin. Agar, klublar taklif bilan chiqsa, o'rganib chiqib qaror qabul qilaman. Menda bu borada xohish kuchli. Qadrdon muxlislar uchun ham qaytishga tayyorman. Ularni hurmat qilaman va yaxshi ko'rib qolaman.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика