So’nggi yangiliklar

13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  0 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  0 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   1 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   6 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   0 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  5 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  3 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  6 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  10 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  19 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  28 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  8

Darko Gojkovich: Qo'qonda ko'p yillar qolishga tayyorman Yangiliklar

Darko Gojkovich: Qo'qonda ko'p yillar qolishga tayyorman

Mavsum kashfiyotlaridan biriga aylangan Qo'qon-1912 jamoasi yakuniga etib borayotgan joriy yil No'mon Hasanov boshchiligida mazmunli o'yin namoyish etyapti.

To'g'ri, qo'qonliklar ikkinchi davrada kutilganidan ko'proq ochko yo'qotishdi. Lekin umumiy hisobda, baribir, klubning yutuqlari alohida etirofga sazovor.

Ushbu muvaffaqiyatlarda legionerlarning ham hissasi salmoqli bo'lmoqda. Biz bir yarim yildan beri «Qo'qon-1912» sharafini himoya qilib kelayotgan serbiyalik himoyachi Darko Gojkovich bilan suhbat uyushtirib, uni sizga ham ilinishni lozim topdik.

- Darko, keling, suhbatimiz avvalida O'zbekistonga kelishingiz tarixi haqida malumot bersangiz. Bunga kim sababchi bo'ldi?

- Jamoamiz bosh murabbiyi No'mon Hasanovning taklifi bilan O'zbekistonga keldim. Murabbiy qo'ng'i-roq qilib, yana kamida bir mavsum jamoaga yordam berishimni so'radi. Aslida 2016 yilgi chempionatning ikkinchi davrasidan «Qo'qon-1912» safiga qo'shilgandim. Musobaqa yakunlanganidan so'ng Serbiyaga qaytdim. Tatil kunlarining birida Hasanov men bilan bog'lanib, ish taklif qildi. Jamoaning himoya chizig'ida muammolar borligi va bu poziciyada meni ko'rayotganini aytdi. Qishki yig'inlarda qatnashdim va mavsum boshlanishi oldidan shartnoma imzoladik.

- No'mon Hasanov bilan oldin ham tanishmidingiz?

- Yo'q, shu erga kelib tanishdim. U haqida faqat ijobiy fikrlarni aytishim mumkin. Futbolchilarni o'yin-ga tayyorlashni juda yaxshi biladi. Talabchan va o'z ishini xush ko'radigan mutaxassis. Hasanov shu kungacha men bilan birga ishlagan murabbiylar orasida ajralib turadi.

- Sizga Qo'qon, umuman, O'zbekiston shaharlari yoqdimi?

- Juda maqul keldi. Bu erda o'zimni xuddi uyda yurgandek his qilaman. Jamoada yagona serbiyalik futbolchi emasman. Qolaversa, bosh-qa klublarda ham hamyurtlarim bor. Nolishga aslo haqqim yo'q! Qo'qon shahrining tarixiy maskanlari, uning odamlari menda iliq taassurot qoldirdi. Bir yarim yildan beri shu jamoada o'ynayotganim bejiz emas, albatta. Agar yoqmaganida, Serbiyadan qaytib kelmasdim.

- Mahalliy muxlislar haqida nima deya olasiz?

- Bu alohida mavzu. Ochig'ini aytaman, o'zim to'p surgan klublarim orasida qo'qonlik muxlislardek fidoyisini uchratmadim. Bu mazkur klubda o'ynayotganim uchun aytilayotgan balandparvoz so'zlar emas. Aksincha, ayni haqiqatni gapiryapman. Umuman olganda, klub prezidentidan tortib, murabbiylar, futbolchilar, jamoa xodimlari va ishqibozlarigacha men uchun qadrli. Biz bir oilamiz.

- O'zbekiston oshxonasi «qiynab» qo'ymayaptimi?

- Aslo (kuladi). To'g'ri, boshida ko'nikish biroz qiyin bo'ldi. Lekin vaqt o'tishi bilan o'rganib ketdim. O'zbek oshxonasi eng zo'ri, taomlari juda tansiq. Ular orasidan palovga alohida mehrim tushgan. Do'stlarim tong-saharda oshga olib borishganida hayratdan yoqa ushlagandim. CHunki shu paytgacha bunday marosimga guvoh bo'lmagandim-da! SHuningdek, somsa va kabobni ham sevib istemol qilaman. SHashlikni boshqa davlatlarda ham tatib ko'rgandim, lekin O'zbekistonda tayyorlanadigani yaqqol ajralib turadi.

- Jamoada kim bilan yaqindan do'stlashgansiz?

- Hamma bilan yaxshi munosabatdamiz. Jamoada kimgadir aka, kimgadir ukaman. Bir oiladek bo'lib qolganimizni yuqorida ham takidladim. To'g'ri, har bir insonning eng yaqin do'sti bo'ladi. Hech kimga aytmagan sirlaringizni u bilan baham ko'rasiz. Mening ham shunday do'stim bor, u - Filipp Rayevac.

- «Qo'qon-1912» bilan shartnomangiz yil so'ngida yakunlanadimi?

- Xuddi shunday. Mavsum boshlanishi arafasida klub rahbariyati bilan bir yillik shartnoma imzolagandik. O'tgan yilni ham qo'shib hisoblaganda, bir yarim yildan beri «Qo'qon-1912» sharafini himoya qilyapman.

- Kelishuvni yana uzaytirish istagi bormi?

- Hozir bu borada bir narsa deya olmayman. Keling, avval mavsumni yakunlab olaylik. Keyin biroz hordiq chiqargandan so'ng ushbu mavzuda gaplashish mumkin bo'ladi.

- Tatilni qaerda o'tkazasiz?

- Albatta, Serbiyada. Uydagilar va yaqinlarimni juda sog'indim.

- SHaxsan o'zingizda Qo'qonda qolib, faoliyatni ushbu klubda davom ettirish istagi bormi?

- O'zimga qolsa, yana bir necha yil shu jamoada to'p surardim. Suhbatimiz avvalida bu erda menga barcha narsa yoqishi, o'zimni uydagidek his etayotganimni aytdim. SHunday ekan, vaziyatni o'zgartirish uchun boshqa sabab ko'rmayapman. Har qanday holatda ham mavsumni yuqori kayfiyatda yakunlab olishimiz kerak. Muxlislar oldida qarzimiz bor. Ikkinchi davra bahslarini xuddi avvalgidek o'tkaza olmayapmiz. Kutilmagan ochko yo'qotishlar kuzatildi. Maqsadimiz - qolgan uchrashuvlarda g'alaba qozonib, ishqibozlar kayfiyatini ko'tarish. CHempionat yakunlanganidan so'ng shartnomani uzaytirish masalasini qayta ko'rib chiqish uchun fursat bo'ladi.

- O'zbekiston chempionatining saviyasi haqida nima deya olasiz?

- O'tgan yilgisi bilan taqqoslasam, bu borada o'sish ko'zga tashlanyapti. Joriy mavsum bizdan tashqari, «Buxoro» va «Navbahor» klublari ham ancha mazmunli o'yin namoyish etishyapti. Yaqinda federaciya amalga oshirgan o'zgarishdan so'ng chempionat saviyasi yanada oshsa kerak. 12ta jamoa o'rtasida shiddatli kurash kechishini hozirdan tasavvur qilyapman. O'z navbatida, jamoamiz haqida alohida to'xtalishni lozim topdim. No'mon Hasanov «Qo'qon-1912» bosh murabbiyi etib tayinlanganidan so'ng sezilarli o'zgarishlar ro'y berdi. Jamoa ancha yorqin o'yin namoyish eta boshladi. Kuchli raqiblarga munosib raqobat ko'rsatib, ulardan ochko tortib olyapmiz. Klub rahbariyati ham bosh murabbiy olib borayotgan siyosatni qo'llab-quvvatlamoqda. O'ylaymanki, kelasi mavsum «Qo'qon-1912» yanada kuchliroq jamoaga aylanadi. SHaxsan men bunga ishonaman.

- O'zbekistonning qaysi klublari sizga maqul keldi?

- Bu borada shaxsiy fikrimni aytaman. «Lokomotiv» va «Nasaf» bugungi kunda O'zbekistonning eng kuchli jamoalari bo'lib turibdi. Mazkur fikrni faqat turnir jadvalidagi joylashuvga qarab aytmayapman. Haqiqatan ham bu ikki klub o'yin jihatidan boshqalardan ustun ko'rinyapti.

- «Paxtakor» va «Bunyodkor»-chi?

- Ushbu jamoalar o'ziga yarasha hurmatga loyiq, ular haqida ham iliq fikr bildira olaman. Ammo «Lokomotiv» va «Nasaf» baribir, boshqalardan kuchliroq ko'rinmoqda. Alohida ajralib turadigan qandaydir jihatlari bor. Ayniqsa, qarshiliklar ikkinchi davrada sezilarli darajada kuchayishga erishdilar. 

- Qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?

- «Barselona»ning o'yinlari maqul keladi. Tarkibida dunyo tan olgan yulduzlar to'p surishadi. Menga ayniqsa, jamoaning uslubi yoqadi. Ushbu klubga qaysi murabbiy kelishidan qatiy nazar, anana saqlanib qoladi.

- Joriy mavsum «Barselona»ga atalsa kerak...

- Men ham shunday fikrdaman. Lekin hali oldinda uchrashuvlar ko'p. Uchta musobaqada qatnashadigan jamoalarga oson bo'lmaydi. Qaysidir o'yinlarda charchoq alomatlari pand berib qolishi hech gap emas.

Garchi hozir «Real» Ispaniya chempionatida principial raqibidan sezilarli farq bilan ortda qolib ketgan bo'lsada, bu klubni hisobdan chiqarishga erta. Haqiqiy kurash hali oldinda. Lekin «Barselona» chempionlikka erishsa, bunga qarshi emasman.

- «Futbolchilardan kimga muxlislik qilasiz?» degan savol menimcha, noo'rin bo'lsa kerak, shundaymi?

- Ha, shubhasiz, Messi! Argentinalik futbolchi maydonda xuddi raqsga tushayotganga o'xshaydi. Uning o'yinlarini shunchaki tomosha qilish kerak. Har bir harakatidan zavq olish mumkin. Uning bir o'zi eng muhim bahsda «xet-trik»ka erishib, termasini mundialga olib chiqdi. SHuning o'ziyoq Leoning qanday futbolchi ekanini isbotlab turibdi.

- Futboldagi faoliyatingiz qay tarzda boshlangan? Nima uchun kasb sifatida aynan millionlar o'yinini tanlagansiz?

- Etti yoshimdan sportning shu turi bilan professional tarzda shug'ullanishni boshlaganman. 1988 yili hozirgi Kosovo hududida tug'ilganman. Bolaligim Pech shahrida o'tgan. Professional futboldagi birinchi murabbiyim - Risto Babarojich. Belgrad shahrida ushbu mutaxassisdan futbol saboqlarini o'rganganman. Buni qarangki, legioner sifatida ilk bor O'zbekistonda o'ynadim. Ungacha faqat Serbiya klublari safida to'p surganman. O'zimga qolsa, yana 3-4 yil O'zbekiston chempionatida o'ynagan bo'lardim.

- Gojkovichlar oilasida faqat siz futbolni tanlaganmisiz?

- Ha, boshqa futbolchilar yo'q. Ular boshqa sohada mehnat qilishadi.

- Professional futbolchi sifatida ilk bor qaysi jamoa bilan shartnoma imzolagansiz?

- Pech shahrining «Buduchnost» klubi bilan bitim tuzganman. Katta futbolga yo'l shu jamoadan boshlangan.

- Serbiyada qaysi klublarga muxlislik qilasiz?

- Menga ko'proq «Partizan»ning o'yinlari yoqadi. SHu jamoa muxlisiman, desam ham bo'laveradi.

- «Partizan» va «Crvena Zvezda» o'rtasida o'ziga xos qarama-qarshilik bor...

- Xuddi shunday. Bu jamoalar uchrashganda, shahar ikki qismga bo'linadi. Lekin menga baribir, ko'proq «Partizan» yoqadi. Mazkur klublarning o'zaro qarama-qarshiligida ham «Partizan»ga muxlislik qilaman.

- Nima uchun aynan «Partizan»?

- Aniq sababini bilmadimu, lekin bolaligimdan, aqlimni taniganimdan beri shu klubga ishqibozlik qilganman. Oilamizdagilar ham ushbu jamoaning muxlisi hisoblanishadi.

- Serbiya terma jamoasi JCH-2018 final bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bu bilan sizni tabriklayman. Mamlakatingizda mazkur voqeani rosa bayram qilishgandir?

- Albatta. Jahon chempionati chiptasi qo'lga kiritilgan kun butun Serbiya uxlamadi, desam bo'laveradi. Xalqimiz bu kunlarni uzoq kutgandi. O'ylaymanki, termamiz haqli ravishda Rossiyada o'tkaziladigan mundialga boradigan bo'ldi. Hozir Serbiya milliy jamoasida kuchli avlod futbolchilari jamlangan. Ular JCH-2018da ham yaxshi o'yin namoyish etishadi. Fursatdan foydalanib, termamizga omad tilayman. Afsuski, O'zbekiston milliy jamoasi bu imkoniyatdan foydalana olmadi. Bunga juda ham yaqin kelingandi. Birgina aniq zarba termangizni mundialda qatnashishdan mahrum qildi. Aks holda, jahon chempionatida ikkita jamoaga muxlislik qilgan bo'lardim.

- Garchi Slavolyub Muslin Serbiya termasini JCH-2018 final bosqichiga olib chiqsada, SFF bosh murabbiyni istefoga chiqardi. Bu siz uchun ham kutilmagan voqea bo'ldimi?

- Ha, u kuchli mutaxassis edi. Nima uchun bunday qarorga kelinganini tushuna olmadim. Menimcha, Muslinga nisbatan adolatsizlik qilindi. Ammo har qanday holatda ham hozirgi murabbiy va futbolchilarga omad tilashdan o'zga choramiz yo'q.

- Sizningcha, Serbiya futboli tarixidagi eng kuchli o'yinchi kim? Sinisha Mixaylovichmi yoki..?

- Bu nomga davogarlar bisyor. Mixaylovichdan tashqari, Dragan Stoykovich, Nemanya Vidich, Savo Miloshevich kabi futbolchilar ham eng yaxshilar qatorida zikr etiladi. Hozir aniq bir nomni Serbiya futboli tarixidagi eng yaxshisi, deya olmayman.


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi "Interfutbol" gazetasi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика