So’nggi yangiliklar

16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  0 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  4 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  8 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4

Darko Gojkovich: “Qo'qonda futbolni sevishlarini eshitganman” Yangiliklar

Darko Gojkovich: “Qo'qonda futbolni sevishlarini eshitganman”

Yana bir cerbiyalik futbolchi, Darko Gojkovich bilan ham suhbatlashdik.

– Darko Dastlabki taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.

– Men “Qo'qon-1912” jamoasidan taklif olganimdan cheksiz minnatdorman. Jamoada bizni juda chiroyli kutib olishdi. Barcha sharoitlar yaxshi. O'zbekistondagi insonlarning bizga bo'layotgan munosabatlaridan xursandman. Biz albatta o'zimizning chiroyli o'yinimiz bilan bunday iliq munosabatga yarasha javob qaytarishga astoydil harakat qilamiz. Mening maqsadim O'zbekistonda o'zimni ko'rsatish, jamoaga o'z o'yinim bilan ko'proq foyda keltirish.

– Siz O'zbekistonga kelishdan avval o'zbek futboli haqida bilarmidingiz ?


– Men O'zbekistonnig kuchli jamoalari “Paxtakor” va “Bunyodkor” ekanligi haqida ko'p eshitganman. Bu jamoalar Osiyo qitasida ham yuqori nufuzga ega ekanligi haqida bilaman. Bu jamoalarda  ko'plab do'stlarim to'p surishgan va hozir ham o'ynashmoqda. Bular Boyan Miladinovich, Adnan Oraxovac, Aleksandr Petrovich va boshqalar.



– Sizni bu erga kelishingizga shu do'stlaringiz sabab bo'ldimi?


– Yo'q. Men o'zim “Qo'qon-1912” jamoasi taklifidan so'ng,O'zbekistonga kelishga qaror qildim. Albatta bu erga kelishim aniq bo'lgandan so'ng ulardan O'zbekiston va “Qo'qon-1912” haqida so'radim. Bu jamoa haqida do'stlarimning fikrlari ijobiy bo'ldi. Ular O'zbekiston futbolining tarixi Qo'qonda boshlanganini, hozir bu shaharda futbolga etibor yaxshi bo'layotganini va “Qo'qon-1912” jamoasining muxlislari ko'pligini aytishdi. Xullas, Qo'qonda futbolni chin dildan sevishlarini eshitdim. Albatta har bir futbolchi muxlislar bilan to'lgan stadionda to'p surishni yaxshi ko'radi. O'ylaymanki, ikkinchi davrada jamoa turnir jadvalida yuqoriga ko'tariladi. Biz bu yo'lda qo'limizdan kelgan barchasini qilishga tayyormiz.

 Suhbatingiz uchun rahmat. Qo'qonlik muxlislar sizdan ajoyib o'yinlar kutib qolishadi.


  Akramjon Mamadaliev suhbatlashdi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика