So’nggi yangiliklar

21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  0 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  1 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  1 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  4 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  8 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2

Dario Marinovich: "Argentina Braziliyadan kuchsiz, sababi ulardagi o'yinchilar darajasi pastroq" Yangiliklar

Dario Marinovich: "Argentina Braziliyadan kuchsiz, sababi ulardagi o'yinchilar darajasi pastroq"

Futzal bo'yicha jahon chempionati 1/8 finali doirasida Argentinaga qarshi o'yindan so'ng (0:2) Xorvatiya terma jamoasi sardori Dario Marinovich saytimizga intervyu berdi.

"Argentinaga qarshi qiyin, ammo yaxshi o'yin o'tkazdik. Biroq yaxshi o'yin g'alaba qozonish uchun etarli bo'lmadi. Bilamizki, Argentina dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri va ularda mahoratli o'yinchilar ko'p. Albatta, raqib g'alabaga loyiq edi, biroq jamoadoshlarimga etiroz bildirmayman, sababi, qo'limizdan kelgancha, harakat qildik. Lekin keyingi bosqich masalasida bitta uchrashuv orqali hal qilinadigan belashuvlarda qanday o'ynash kerakligi borasida ko'p ishlashimiz lozim.

Mundialda Janubiy Amerikaning ikki jamoasiga qarshi ro'baro' keldik. O'ylashimcha, Braziliya Argentinadan kuchliroq, biroq ularning o'zaro o'yinidan har qanday vaziyat bo'lishi mumkin. Sababi Argentina o'ta agressiv o'yin namoyish etadi, bunday o'yin bilan esa Braziliyani bemalol mag'lub etishi ham mumkin. Biroq baribir ikki jamoani solishtirganda, Argentinani bilan o'ynash nisbatan qulayroq. CHunki, ulardagi o'yinchilar darajasi braziliyaliklarnikidan pastroq.

O'zbekistondagi turnir faoliyatimdagi ilk jahon chempionati edi. Bunday musobaqada ishtirok etish har qanday futzalchining orzusi bo'lsa kerak. O'zbekistondan iliq taassurotlar qoldi. Bu mamlakat, bu erdagi odamlar menda yaxshi taassurot qoldirdi", dedi Marinovich.

Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика