So’nggi yangiliklar

12:04Носир Абдусаломов: "0:2 ҳисобидаги мағлубиятдан чиқиб кетиш катта куч талаб қилар эди, голимни бобомга бағишладим"  2 11:44Марио Балотелли Париж мода ҳафталигида модел сифатида подиумга чиқди  3 11:18"Насаф" U-14 Португалиядаги мусобақада қатнашади  2 10:53Криштиану Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  0 10:25Котрина Кулбите: "Мақсадимиз - Осиё Кубоги"  1 09:55Нилуфар Қудратова: "Ўйин биз истагандек бўлди"  0 09:28“Ал Насср“нинг ёзги биринчи рақамли трансфер мақсади маълум  2 09:01“Барселона“ ҳимоячиси жамоани тарк этиш ниятида эмаслигини маълум қилди  1 08:31“Сурхон“ дарвозабони иккинчи даврани Суперлиганинг ТОП клубида бошлаши мумкин  1 08:03Клублар ўртасидаги ЖЧни тарк этган Месси нималар деди?  13 07:35Суперлига. Бугун 14-тур якунланади  6 05:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Бавария“ чорак финалда. Бизни чорак финалда даҳшат учрашув кутмоқда  6 01:23Суҳроб Иззатов: "Бир метрдан очиқ дарвозага ҳам тўп кирмаяпти"  1 00:54Зоир Жўрабоев: "Суперлигада учта гол урганман ва уларнинг барчаси "Бунёдкор" дарвозасидан ўрин олган"  0 00:39Луис Качорри: "Бугун "Бунёдкор" билан ўз майдонимиздаги сўнгги ўйиним бўлиши мумкин"  1

Daqiqasiga Samsung Galaxy A54, soatiga Tracker, qolganiga aqlim etmaydi - Ronaldu "Al Nassr"da qancha pul topadi? Yangiliklar

Daqiqasiga Samsung Galaxy A54, soatiga Tracker, qolganiga aqlim etmaydi - Ronaldu "Al Nassr"da qancha pul topadi?

Oy boshidagi xarajatlar oldidan kayfiyatni biroz ko'tarib olamiz.

Ishxonaga yo'l olishda yaqinda jo'nab ketgan avtobusga kech qoldim. Tana azomning bir parchasiga aylangan telefonimda kirakash haqini hisoblab ko'raman. Yo'q, bugun och qolishni istamayman. Yaxshisi, keyingi avtobusni kuta qolaman. Kun davomida odamni somsa holiga keltirib qo'yadigan havo haroratidan "kuch razryajena" holatiga kelib, o'zimni o'rindiqqa tappa tashlayman. Tappa tashlayman deyish ham noto'g'ri, aks holda qovurg'alarimning qisirlaganini eshitishim hech gap emas. Atrofida pashshalar festival o'tkazayotgan shipdagi xira lampochkaga nigohimni qadagancha, o'yga cho'maman. Hech kimning xayoliga kelmasam ham, oyiga bir marotaba yo'qlab turishni kanda qilmaydigan ijara uy egasi tez orada hol-ahvol so'rashni boshlay boshlaydi. Oy so'ngida arxeologiyaga bo'lgan mehrim jo'shib ketadi hamda sopol ko'zaning "surati"ni topish harakatiga tushib qolaman. Xayolimning bir oyog'i bog'da, biri esa Bag'dodda bo'lib turgan soniyalarning har birida Saudiya Arabistonida to'p tepayotgan yulduz futbolchi Krishtianu Ronaldu millionlab pul topadi. Ha, uning nafas olishi ham pul. Nafasidan ham pulning hidi keladi. Siz ham chuqur nafas olib ko'ring-chi! Jin ursin, namuncha hammayoq chang! Keling, portugaliyalik forvard o'zbek mullajiringida taxminan qancha ishlab topishini chamalab ko'ramiz.

Ronaldu soniyasiga 80723 so'm ishlaydi. Bu pulga bir kun to'yib ovqatlanish mumkin. Lapsha eyish ham jonga tegdi. Demak, davom etamiz. 

Daqiqasiga 4843380 so'm. Telefonim boshim singari qotadigan bo'lib qolgan. Iloji bo'lsa, ikkalasiniyam almashtirish kerak. 

Soatiga 293274007 so'm. Krishtianu aka, yap-yangi Tracker qulluq bo'lsin! Bilaman, baribir O'zAvtoni tanlamaysiz. Men esa odatda, past ulovlarda yurishni yoqtirmayman. SHu bois, qadrimga yarasha transportda ishga qatnayman, yani avtobusda.

Kuniga 6986208964 so'm. Maktabda matematika darsidan qochganim ko'p pand beradi-da. To'g'ri-da, bunaqa sonlarga ishim tushmasa nima hojati bor?! Ronalduning bir kunda topadigani esa O'zbekistonda butun umr yashashga etadi. Bola-chaqasiga ham. Lekin u xotinni ikkita qilish haqida o'ylamasa kerak.

Haftasiga 48874108934 so'm. Bunaqa mayda-chuyda ishlarga boshimni qotirishga vaqtim yo'q. O'zingiz hisob-kitob qilavering. Atigi 48 mlrd so'm ekan.

Oyiga 211347498096 so'm. Avgustda imtihon topshiradigan abiturientbop savol ekan.

Yiliga 2539105359070 so'm. Toshkentni hazil tariqasida sotuvga qo'ygan post o'chirib tashlangan bo'lsa kerak-a?! Yo'q, bunaqada hayotning qizig'i qolmaydi. Naq, Martin Iden bo'lib ketishim hech gap emas. Ko'p xayol surish ham yaxshi emas. Yaxshisi, o'rindan ko'tarilib, ishlash kerak. Jin ursin, yana avtobus o'tib ketib qolibdi. Taksida ketardim-u, yuqorida aytganimdek, obro'mga to'g'ri kelmaydi. Nachora, oxirgi paytlarda vazn orttirib, naq 60 kiloga chiqqandim. Quyosh tafti urib turgan bekatda yana avvalgi holatimga qaytishim hech gap emas.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика