Danni: "Ronaldu jahonning eng yaxshi futbolchisi. Ikkinchisi men bo'lsam kerak, keyingisi Messi"
06 iyu 2015 20:43
Yangiliklar


Danni: "Ronaldu jahonning eng yaxshi futbolchisi. Ikkinchisi men bo'lsam kerak, keyingisi Messi"
"Zenit" yarim himoyachisi Migel Danni qaysi futbolchilarni jahonda eng kuchli deb bilishini aytdi.
"Arshavin va Kerjakov klub afsonalaridir. Andreyning shartnomasi yakunlandi va uzaytirilmadi, Aleksandrda esa boshqa hikoya. Bu muammolarni hal qilish klubning ishi. Mening qo'limdan keladigan yagona ish - birga o'tkazgan yillarimiz uchun ularga minnatdorchilik bildirish. ULarga omad tilayman.
O'zimga 10 raqamni oldim. 35 raqamida "Zenit"dagi faoliyatim yakunlanayotganini bilganim tufayli o'ynaganman. Ammo menda yana o'ninchi raqam.
Ronaldu yoki Messimi? Krishtianu jahonning eng yaxshi futbolchisi. Ikkinchisi men bo'lsam kerak (kuladi). Keyin Messi" - deydi Danni.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar